Olma po‘chog‘i ozishga yordam beradi
Ananas mevalar orasida organizmda yog‘larning tez parchalanishiga yordam beradi, deya tilga olinadi.
Ammo so‘nggi tadqiqot natijalariga ko‘ra uning tarkibidagi bromelayn moddasi me’da shirasi ta’sirida fermentativ faolligini yo‘qotishi aniqlandi. Olma po‘chog‘ida esa ushbu moddadan ham samaraliroq ta’sirga ega yangi bir modda topildi, deya xabar beriladi xorij matbuotida.