Saxovatning savobi bisyor

Ma’lumki “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi muruvvat yo‘nalishida xalqaro hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Davlat Dasturlarining ijrosini ta’minlash maqsadida doimiy ravishda xayriya tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida yurtimizdagi tibbiy-ijtimoiy muassasalar, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, “Mehribonlik”, “Muruvvat” va “Saxovat” uylari, maxsus maktab-internatlari tarbiyalanuvchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga dori-darmon, tibbiyot jihozlari, sanitariya-gigiena vositalari, kiyim-kechak, oziq-ovqat, nogironlik aravachalari, sport inventarlaridan iborat muruvvat yordamlari topshirilmoqda.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondida “Tinchlik yo‘lidagi oziq-ovqat yordami” dasturi doirasida o‘tkazilgan tadbir ham ana shunday xayrli ishlarning davomi sifatida e’tirof etildi.

AQSHning “Resource and Policy Exchange” xalqaro tashkiloti tomonidan keltirilgan, umumiy qiymati 311 ming 833 AQSH dollariga teng bo‘lgan 112,5 t vitaminlar bilan boyitilgan quritilgan sabzavot sho‘rvasining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Fond mazkur tashkilot bilan hamkorlikda qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Ushbu muruvvat yuki fond va uning hududiy filiallari hamda sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlari orqali respublikamizdagi 107 ta tibbiy va ijtimoiy muassasalariga topshiriladi.

Yil boshidan hozirgacha “Sog‘lom avlod uchun” xayriya fondiga xalqaro hamkor tashkilotlar tomonidan dori-darmon, tibbiyot anjomlari, multivitamin, nogironlik aravachalari, vitaminlashtirilgan sabzavot aralashmasi ko‘rinishidagi muruvvat yordami yuklari keltirilmoqda. Ushbu muruvvat yordamlari fondning mintaqaviy filiallari, xududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari orqali respublikamizdagi tibbiy va maxsus bolalar muassasalariga taqdim etildi.

O‘tgan 2013-yilda ham Fond muruvvat yo‘nalishi doirasida Germaniyaning “Friedensdorf International”, Koreya Respublikasining “Save the Children” xalqaro tashkiloti, KOFIH xalqaro sog‘liqni saqlash fondi, Finlyandiyaning “Pribory Oy” tashkiloti va boshqa xalqaro xayriya tashkilotlari tomonidan dori-darmonlar, sanitariya-gigiena vositalari, oziq-ovqat hamda tibbiy jihozlardan iborat 104 ta muruvvat yuklari keltirilib, Respublikamiz tibbiy muassasalari, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, “Mehribonlik”, “Muruvvat” va “Sahovat” uylari tarbiyalanuvchilari uchun tarqatildi.

Tadbir so‘ngida Respublika pulmonologiya va ftiziatriya ilmiy-amaliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ruhiy kasalliklar shifoxonasi va boshqa tashkilotlarga xayriya yordami sertifikatlari topshirildi.

M.XO‘JAMURODOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Яна ўқинг:  Фарзанд саломатлиги – бебаҳо

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: