Turnir peshqadamlari
Namangan shahrida 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida tennis bo‘yicha Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) turkumiga kiruvchi xalqaro turnir yakunlandi.
Unda dunyoning o‘ndan ziyod mamlakatidan kelgan iqtidorli tennischilar yakkalik va jutflik bahslarida g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
O‘smirlar ishtirokidagi juftlik bahslarida hamyurtimiz Jo‘rabek Karimov va belaruslik Ivan Lyutarevich dueti bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Ushbu juftlik finalda portugaliyalik tennischilar Felipe Kunya Silva va Antonio Sabugiyeroni 6:2, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Yakkalik bahslarining hal qiluvchi uchrashuvida gruziyalik Aleksandr Bakshi portugaliyalik Felipe Kunya Silvadan 6:4, 6:2 hisobida ustun keldi.
Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda ukrainalik Maryana Veksler finalda hindistonlik Ojasvini Singxni mag‘lub etgan bo‘lsa, juftlik o‘yinlarida rossiyalik Anna Yakovleva va Darya Krujkova g‘alaba qozondi.