FARZANDIMGA
Hayotim quvonchi umidim o‘zing,
O‘g‘limsan, qizimsan yorug‘ yulduzim.
Tunu kun tilayman baxtu kamoling,
Yurtga sodiq bo‘lsang yorug‘dir yuzim.
Negaki intilsam sen uchun deyman,
Yuragim parchasi, soching silayman.
Qayg‘ursang dunyo tor, quvonsang shodman,
Sog‘-omon o‘sishing dildan tilayman.
Kasbli-korli bo‘lgin yurt ardog‘ida,
Shior qil, doimo a’lo o‘qishni.
Kim bo‘lma hayotda unutma zinhor,
Asl insonlardek yashab o‘tishni.
Hakima Izbosarova