Minnatdorlik maktublari

Inson tabiatan shirin so‘z va e’tiborning shaydosi hisoblanadi. Ehtimol shuning uchundir, mehr-muhabbat qanchalar ko‘p ko‘rsatilmasin unga hamisha ehtiyoj sezaverasan. Ayniqsa, qalbi xastalanganlar shifo topib ketishlari uchun e’tibor va g‘amxo‘rlik osmon qadar cheksiz, ummon qadar tubsiz bo‘lmog‘i darkor.

Men shifo topgan Toshkent shahridagi Respublika ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlari shunday insonlar sirasiga kiradi desam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Taqdir taqozosi bilan mazkur dargohga shifo topish maqsadida keldim. Guljon Makenova, Irina Nikolayevna kabi ko‘plab shirinso‘z, dilkash shifokorlarning e’tibori va g‘amxo‘rligi tufayli tezda shifo topib oilamga qaytdim.

Men shu yerda davolanib, inson ko‘nglidan-da qadrliroq, azizroq ne’mat yo‘q ekanligini yana bir bor his etdim. Buning uchun kishi qalbini hamisha e’zozda tutgan shifokorlar doimo bor bo‘lsin!

Nigina NIZOMOVA,

Toshkent viloyati


Sog‘lik insonning eng katta boyligidir. Shu sababdan biz sog‘ligimiz posbonlari bo‘lmish shifokorlarga o‘zgacha hurmat bilan qaraymiz. Ularning shirin so‘zi, bilimi, kasbiga bo‘lgan muhabbati o‘zingga, yashashga bo‘lgan ishonching yanada ortadi. Ana shunday qo‘li yengil shifokorlardan bir guruhi Respublika Perenatal markazida faoliyat olib borishda ularning jonkuyarligi, shirinso‘z va mehribonligi hamda o‘z ishining ustasi ekanini ko‘rib yana bir karra shifokorlarga nisbatan hurmatim oshdi.

Yaqinda qizim Umida Qoraboyeva perenatal markazda davolandi. Muassasa xodimlari vrach-ginekolog Jahongir G‘ofurov, Hojiya Mirazimova, anestizeolog shifokorlar Sergey Tarayan, hamshiralar M. Zokirova, J. Kenjaboyeva, S. Alimova, D. Umarovaning o‘z ishiga fidoyilik bilan yondashishlari, har bir bemorga chin ko‘ngildan yordam berishlaridan boshim osmonga yetdi. Shunday jonkuyar insonlarga o‘z minnatdorligimni bildiraman.

Malohat Nazarova,

Toshkent shahri

Yana o‘qing:  Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: