SUT – TISHLARNI TOZALAYDI
Toronto universiteti olimlari qaysi suyuqlik ovqatdan so‘ng tishlarni yaxshi tozalashi haqida bosh qotirishdi. Ularning taklifiga ko‘ra ko‘ngillilar sharbat, suv va sut bilan og‘izlarini chayishgan. Keyin har bir suyuqlikdan so‘ng so‘lak tarkibidagi bakteriyalarni aniqlash uchun olimlar namuna olishgan. Ayniqsa, og‘iz sut bilan chayilganda bakteriyalarni ko‘proq o‘ldirishi ma’lum bo‘ldi. Agar qo‘lingizda rezina saqich bo‘lmasa tishlarni bakteriyalardan xoli etish uchun sutdan foydalanish mumkin ekan. Ammo, bu ovqatlanishdan so‘ng tavsiya etiladi, xolos. Ertalab va kechqurun yotishdan oldin tishlarni tish pastasi va cho‘tka bilan tozalashning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi, albatta.
GULSHIRIN