Boqiy qadriyat shodiyonasi

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Ijtimoiy-iqtisodiy kollejida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning 60 yillik tavalludi hamda Navro‘z bayrami munosabati bilan “Xush kelding, Navro‘z!” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi.

Unda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan milliy hunarmandchilik buyumlari, liboslar va dizayn ishlari namoyish etildi.

“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchilari tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilar shoirning she’rlaridan namunalar o‘qidilar.

Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Umida Abduazimova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Hikmat Mahkamov va ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Nargiza Asomova shoir haqidagi unutilmas xotiralar, uning she’riyatidagi samimiylik, mehr-muhabbat tuyg‘ulari, milliy qadriyatlar va yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘zladilar.

Shundan so‘ng kollej o‘quvchilaridan tarkib topgan “Fonus” badiiy dastasi hamda tumandagi 65-maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyalanuvchilari tomonidan sho‘x kuy va raqslar ijro etildi.

Tadbir yakunida shoira U. Abduazimova bilan o‘tgan qizg‘in savol-javoblar bugungi yoshlarning adabiyotga, she’riyatga bo‘lgan qiziqish va intilishlari yuksak darajada ekanligini ko‘rsatdi.

M. AHMEDOVA

Yana o‘qing:  SARATONNI DAVOLAYDIGAN VAKSINA YARATILDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: