Tog‘ chang‘isidan zafarli natijalar

Eronning Dizin shahrida tog‘ chang‘isi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida yakunlangan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bitta oltin, ikkita kumush va beshta bronza – jami sakkizta medalni qo‘lga kiritdi.

Osiyo qit’asining iste’dodli sportchilari ishtirokida o‘tgan musobaqada Artyom Voronov yuqori natija ko‘rsatib, muxlisu mutaxassislar ishonchini oqladi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasidan xabar berishlaricha, yaqinda Sochi shahridagi XXII qishki Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan Artyom Voronov Osiyo chempionatida tog‘ chang‘isining slalom yo‘nalishida eng yaxshi natija ko‘rsatib, shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Mohir sportchimiz tog‘ chang‘isining turli yo‘nalishlarida o‘tkazilgan bahslarda yana ikkita kumush va bitta bronza medal bilan taqdirlandi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda muvaffaqiyatli qatnashgan Svetlana Baranova tog‘ chang‘isining slalom, slalom-gigant, super-gigant, super-kombinatsiya yo‘nalishlarida uchinchi o‘rinni egallab, to‘rtta bronza medalga loyiq topildi.

ZUBAYDA

Yana o‘qing:  OAV, matbaa va noshirlik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: