Chaqaloqni yo‘rgaklash
Yangi tug‘ilgan chaqaloqni siqib yo‘rgaklab bo‘lmaydi.
Chunki, uni siqib yo‘rgaklaganda:
– Diafragmaning harakati cheklanadi va o‘pkada havo almashishi pasayadi;
– tananing turli qismlariga qon oqib kelishi yomonlashadi;
– chaqaloq tanasi va yo‘rgaklar orasidagi yupqa havo qatlami issiqlikni tutib turish imkonini bermaydi;
– go‘dak harakatlarining cheklab qo‘yilishi issiqlik ishlab chiqarishni pasaytiradi;
– oyoq va qo‘llar harakatining cheklanishi asab-mushak koordinatsiyasining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi;
– chaqaloqni boshi bilan birga siqib yo‘rgaklash, uning ko‘krakdan ovqatlanishini qiyinlashtiradi. Chunki, u emishi uchun og‘zini katta ocha olmaydi;
– siqib yo‘rgaklangan bola ko‘p uxlaydi va shu bilan emishdan bosh tortadi.
Feruza Jabborova,
Toshkent shahar 3-son Bolalar shifoxonasi oliy toifali shifokori