Inson huquqlari – qonun himoyasida

Mamlakatimizda milliy qonunchilikning inson huquqlari sohasidagi xalqaro normalar asosida takomillashtirilishi, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat mexanizmining yaratilishi va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi O‘zbekistonning huquqiy demokratik davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari dadil odimlab borayotganidan dalolat beradi. Bosh Qomusimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga doir huquqiy asoslar mustahkamlangani so‘zimiz tasdig‘idir.

Birgina, 2013 yil davomida Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limiga 542 ta shikoyat xati kelib tushgan bo‘lib, ularning 421 tasi bevosita o‘rganildi. Bo‘lim tomonidan aniqlangan qonun buzilish holatlari yuzasidan bartaraf etish va aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli jazo choralarini qo‘llash yuzasidan 109 ta taqdimnoma, 31 ta ma’muriy javobgarlikka tortish haqida taklif, 15 ta ogohnoma va 8 ta yozma ko‘rsatma kiritildi. Shuningdek, qo‘llanilgan ta’sir choralari natijasida 124 nafar xodim intizomli javobgarlikka, 31 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Jumladan, Qashqadaryo viloyat Arxitektura va qurilish boshqarmasi va uning tizimlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida qonun buzilish hollari yuzasidan 4 nafar mansabdor shaxsga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 43-moddasi bo‘yicha javobgarlik tayinlandi.

Shuningdek, Shahrisabz tumanidagi Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarida “Fuqarolarning murojatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablariga rioya qilinishi yuzasidan ahvol o‘rganilganda, bu yerda ham qator qonun buzilish holatlari aniqlandi. Ushbu qonunbuzilishlar yuzasidan 27 ta taqdimnoma, 1 ta ogohnoma va 1 ta ko‘rsatma hamda tumandagi 3ta mahalla fuqarolar yig‘ini va qishloq fuqarolar yig‘ini raislariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, barcha mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Mamlakatimiz erkin fuqarorlik jamiyatini qurish yo‘lidan dadil odimlar ekan, bu yo‘lda qonunga itoatkorlik bosh mezon hisoblanadi. Bu esa barcha huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qatori adliya organlarining zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi.

Sh.TOSHPO‘LATOV,

Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i

Yana o‘qing:  Yoshlar diqqatiga!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: