Fond faoliyatidan (2014/10)

Fond tibbiy-ijtimoiy Markazi shifokorlari tomonidan Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Abdulla Avloniy nomidagi va “O‘rikzor” mahallalarida “Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari” va “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda mahallalarning 132 nafar o‘smir yoshlari qatnashdi.

Navoiy viloyati Fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi Karmana tumani Bog‘obod qishloq vrachlik punktida “Bog‘ot”, “Qarshilik” va “Ayronchi” mahalla fuqarolari yig‘inlarining jami 449 nafar aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Ko‘rik davomida yolg‘iz qariyalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi.

Farg‘ona viloyati Fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Oltiariq tumani Oqbo‘yra, Zilxa, Qovulg‘on va Qapchug‘ay qishloq fuqarolar yig‘inlarida jami 299 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, voyaga yetmaganlar orasida davra suhbatlari tashkil etildi.

Sirdaryo viloyati Fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Sirdaryo tibbiyot kolleji, Guliston shahar 15-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi va Yangiyer “Muruvvat” ayollar uyidagi o‘smirlar va ayollarning 621 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiyot kolleji o‘quvchilari o‘rtasida erta turmush qurishning salbiy oqibatlari mavzularida tushuntirish ishlari olib borildi.

Buxoro viloyati Fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Buxoro tumani Qovola, Chorraha, So‘fiyon va Ipakchilik qishloq vrachlik punktlarida jami 493 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Abbosjon ERGASHEV,

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi matbuot kotibi

Яна ўқинг:  Витаминли салат

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: