Vatani borning baxti bor

Poytaxtimizdagi “Vatanga qasamyod” haykali oldida Toshkent harbiy okrugining harbiy qismlaridan birida belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni tantanali ravishda uyiga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Vatan oldidagi muqaddas burchini namunali o‘tagan askarlarga faxriy yorliqlar, harbiy qism qo‘mondonligining oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli o‘qishga kirish imkonini beradigan tavsiyanomalari topshirildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Tadbirda Prezidentimiz, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik yillarida mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi. Jumladan, muddatli harbiy xizmatni o‘tash tizimi takomillashtirildi. Davlatimiz rahbarining 2012 yil 31 mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mazkur qarorga muvofiq, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalarini olgan yoshlar mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlariga kirishda to‘planadigan eng yuqori ballning 27 foizi miqdoridagi imtiyozga ega bo‘ladi.

Yana o‘qing:  Ustuvor vazifalar – amalda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: