Sog‘lik – e’tiborga bog‘liq

Buxoroda aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar va yechimini kutayotgan muammolarga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz rahnamoligida sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida mamlakatimizda zamonaviy tibbiyot tizimi shakllantirilgani, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati yuksalib borayotgani ta’kidlandi.

2013 yili viloyatda 22,6 milliard so‘m hajmida investitsiya kiritilib, Jondor, Peshku, Qorako‘l tumanlari tibbiyot birlashmalari markaziy shifoxonalari, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, onkologiya dispanserining yangi davolash bo‘limi, Buxoro shahridagi 7-oilaviy poliklinika binolari qurilib, mavjudlari rekonstruksiya qilindi. Zamonaviy endoskop, ultratovush tahlil vositalari, raqamli rentgen apparatlari kabi tibbiy uskunalar bilan jihozlandi.

Seminarda viloyatda bu borada erishilgan yutuqlar bilan birga, mavjud kamchiliklarga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, tug‘ruqxonalarda ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada oshirish, kasalliklarni erta aniqlash va davolash, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, nikohdan oldingi tibbiy ko‘riklarni yanada takomillashtirish lozimligi ta’kidlandi.

Yana o‘qing:  Bir gap bor (2014/8)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: