Xabarlar, yangiliklar, voqealar (2014/8)
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish istiqbollari mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi.
- Samarqand Oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini modernizatsiya qilishning dolzarb masalalari mavzusida seminar o‘tkazildi.
- Xitoyda yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi VI Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari uchta oltin, to‘rtta kumush, bitta bronza – jami sakkizta medal bilan umumjamoa hisobida kuchli to‘rtlikdan joy oldi.
- Estoniyaning Tartu shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etgan hamyurtlarimiz bittadan oltin va kumush, uchta bronza – jami beshta medalni qo‘lga kiritdilar.
- Termiz shahrida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Surxondaryo viloyati kengashining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.