Immunitet “kushandalari”
Buyuk Britaniya olimlari inson immun tizimining faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi sabablar ro‘yxatini tuzishdi.
Unga ko‘ra inson immunitetining eng birinchi “dushmani” shakar deb topildi. Bejizga uni ko‘pchilik tibbiyot xodimlari qandli diabet bilan kasallangan bemorlar uchun “oq ajal” deb atashmaydi. Zero, qisqa vaqt oralig‘ida iste’mol qilingan 100 gramm shakar, 5-6 soat davomida organizm kurashuvchanligining uch barobar pasayib ketishiga sabab bo‘ladi.
Ikkinchi o‘rinda kunlik suv iste’molining yetishmasligi, bundan tashqari burunning quruq bo‘lishi ham immunitetning kuchsizlanganidan darak beradi. Shifokorlarning fikricha burun bitishi yoki burun oqishi insonning shamollashdan yaxshiroq ximoyalanganini bildiradi. Chunki burun suyuqligi organizmning mikroblar hujumiga qarshi kurashish vositasidir.
Immun tizimi kuchsizlinishining yana bir sababi stress va uyqusizlik. Biz asabiylashganimiz sari immun tizimi o‘z faolligini yo‘qotib boraveradi.
Uyqu vaqtida esa organizm bilan bir qatorda immun tizimi ham tiklanib boradi.