Bir gap bor
Konservatoriyada o‘qiydigan talabadan ustozi so‘radi:
– Darsda ko‘rinmaysiz? …bozorda savdo “chaqqon”mi, deyman?!
Talaba:
– Tirikchilik, ustoz. Shu desangiz, “bir yigitga qirq hunar ham oz”, deganlaridek, ishlayapmiz.
Ustoz:
– Yaxshi, aytingchi, Betxovenning nechta simfoniyasi bor ekan?
Talaba:
– Endi, ustoz, biz sanog‘iga emas, sifatiga javob beramiz…