Polvon onadan, tulpor biyadan…

O‘zbek xalqi azal-azaldan bir-biriga o‘zaro mehr-oqibatli bo‘lgan. Ayniqsa, bolaga bo‘lgan cheksiz mehri, bolajonligi diqqatga molik. “O‘nta bo‘lsa o‘rni boshqa, qirqta bo‘lsa qilig‘i” degan naql ham xalqimizning serfarzandligidan dalolatdir.

Darhaqiqat, istiqlol yillarida farzandlarimiz kamoloti yo‘lida ko‘pgina amaliy ishlar olib borilmoqda. Ularning ma’nan yetuk va barkamol bo‘lib ulg‘ayishi esa davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Aytish joizki, dunyoning hech bir davlatida kelajak avlodga bo‘lgan bunday yuksak e’tiborni kuzatmaysiz. Shu boisdan bugungi kunda har bir ota-ona o‘z zurriyodini sport bilan shug‘ullanishi, zamonaviy bilimlarni egallashi, ma’nan va jismonan barkamol bo‘lishini istamoqda va shu yo‘lda harakat qilishmoqda. Quvonarlisi, bu borada yurtimizda barcha qulayliklar yaratilgan. Ana shu mushtarak maqsadlarimizning tadrijiy davomi sifatida 2014 yilning “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilinishi esa barcha yurtdoshlarimizning qalbidagi orzu-niyatlari ro‘yobi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Sog‘lom bola sog‘lom ota-onadan dunyoga keladi. Istiqlol yillarida ana shu haqiqat rivoji yo‘lida imkoniyatlar yanada kengaytirildi va bu yo‘lda ko‘plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Shu sababdan yurtimizda bugungi kunda bolalar, ayniqsa, qizlar salomatligi, ularni onalikka tayyorlash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu o‘rinda, turmush qurish arafasida turgan yoshlarimiz oldida e’tibor berilishi kerak bo‘lgan mavzuga doir bir qancha jihatlar borki, buni har bir ota-ona o‘z farzandiga tushuntirib borishi lozim, deb o‘ylaymiz.

Kundalik hayotimizda tez-tez uchrab turadigan “Onasini ko‘rib, qizini ol” degan maqol ham bejizga aytilmagan. Zero, farzand avvalo ota-onasidan, oila a’zolaridan o‘rnak oladi. Qiz onasidan, yigit otasidan… Bu ham yillar davomida ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan asriy odatlarimizdan biridir. Qadimdan ota-bobolarimiz kelin tanlashda qizning sog‘lomligidan tashqari uning oila a’zolari, nasl-nasabiga e’tibor bergan. Misol sifatida shuni aytib o‘tish joizki, sohaga oid kuzatishlar aksariyat o‘g‘il farzandlar ko‘proq tog‘alariga o‘xshashini ko‘rsatib turibdi.

Shu sababdan besh yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan davr mobaynida o‘g‘il bolalarga otasi, tog‘asi yoki amakisi unga nima mumkin-u, nima mumkin emasligini o‘rgatmog‘i lozim. Bolada bir so‘zli, so‘zining ustidan chiqa bilish kabi fazilatlarini uning kichikligidan shakllantirmoq lozim.

Яна ўқинг:  ВАҚТ ИНТИЗОМИ

Tursun ALI MUHAMMAD

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: