Amnistiya – insonparvarlik namunasi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 21 yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror xalqimizga xos bag‘rikenglik, kechirimlilik fazilatlarini o‘zida ifoda qiladi. Qolaversa, bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning insonparvarlik va adolat me’yorlariga to‘la amal qilinayotganligidan dalolat beradi.

Amnistiya – muayyan jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan jinoyat qonunini bekor qilmasdan, sud hukmining qarorlari asosli va qonuniyligini shub­ha ostiga qo‘ymasdan, shaxsni jazodan yoki jinoiy javobgarlikdan ozod qiladi, ayb­dorga tayinlangan jazoni yengilroq jazo bilan almashtiradi yohud belgilangan muddatini qisqartiradi, shuningdek, jazoni o‘taganlikning oqibati sudlanganlikni bekor qiladi.

Amnistiya aktining yuridik kuchi ushbu me’yoriy akt kuchga kirgan, ya’ni u e’lon qilingan kunga qadar jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Amnistiya aktlariga to‘rt oy mobaynida amal qilinadi. Amnistiya akti asosida shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish, davlat tomonidan uning jinoyatini emas, balki shaxsning kechirilishidir.

Mamlakatimizda ilk bor amnistiya akti 1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi munosabati bilan joriy etilgan edi. O‘tgan yillar davomida amnistiya e’lon qilish va qo‘llash tartibi takomillashtirildi. Xususan, 2009 yilga qadar amnistiya akti tergov va sud organlari tomonidan qo‘llanilgan bo‘lsa, endilikda esa amnistiya aktlarining faqat sudlar tomonidan qo‘llanishi belgilanganligi yurtimizda liberallashtirish va demokratlashtirishga doir islohotlarning mazmun va maqsadiga mos o‘zgarish bo‘ldi, deb aytish mumkin.

Senat qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon shahar hokimining Farmoyishi qabul qilindi va unga muvofiq ishchi guruhi va komissiya tarkibi tasdiqlandi.

Shahar hokimining Farmoyishi bo‘yicha amnistiya to‘g‘risidagi qarorga asosan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ishga joylashtirish va sog‘lig‘ini tiklash masalalari bilan shug‘ullanuvchi komissiya tashkil etilgan bo‘lib, komissiya tarkibiga shahar IIB, shahar tibbiyot birlashmasi, shahar bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi, joylardagi MFY raislari va boshqa tegishli idoralar boshliqlari kiritilgan va komissiya tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar belgilangan.

Shu kungacha ozod etilgan shaxslarning 38 nafariga moddiy yordam berildi, 10 nafari ishga joylashtirildi, 12 nafari turli o‘quv muassasalariga yuborildi. Keng jamoatchilik ko‘magida ayni vaqtda ularni jamoatchilik ishlariga jalb etishga ham e’tibor qaratilmoqda.

Yana o‘qing:  Ilmning nurafshon yo‘li

A.MAMATXODJAYEV,

Andijon shahar prokurori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: