“Aqlli” kontakt linzalar

Qandli diabet kasalligiga chalinganlar uchun “Google” korporatsiyasi maxsus “aqlli” kontakt linzalarni taklif etmoqda. Bu loyiha haqida korporatsiya blogida so‘z yuritilgan.

Mazkur linza qandli diabet bilan kasallanganlar uchun o‘ta muhim ko‘rsatkichni, ya’ni qondagi glyukoza miqdorini muntazam tarzda o‘lchab tura oladi. Buning uchun linza kishining ko‘z yoshi tarkibini har bir soniyada tahlil etib, olingan ma’lumotlarni tashqi qurilmaga uzatib boradi.

Ushbu linzalar plastikka o‘xshash bio-moslashuvchi materialdan ishlangan. Unda o‘ta mitti sensor, antenna va chip joylashtirilgan. Uning ishlashi uchun kerakli elektr energiyasini radiokanal orqali tashqi qurilmadan oladi. Qondagi qand miqdori haqidagi ma’lumotlar ham shu radiokanal orqali uzatiladi.

“Aqlli” kontakt linza yaratuvchilari kelajakda unga mitti yorug‘lik manbai ham ulashlari mumkin, uning yordamida qondagi qand miqdori o‘ta oshib yoki juda pasayib ketganligi haqida ogohlantiriladi. Bunday xabarlar hatto ko‘z yumuq bo‘lgandayam ishlayveradi.

Korporatsiya mahsulot ustida ilk tibbiy tadqiqotlarni boshlagan, ammo hozirda tibbiy uskunalar ishlab chiqaruvchilar orasidan hamkor izlayapti. Zero, hali uskunani yanada takomillashtirish, uning uchun bemorni va shifokorni ogohlantiruvchi maxsus dastur ishlab chiqarish lozim.

Yana o‘qing:  Izlanishlar e’tirofga zamin yaratadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: