Taxmina uchta medal sohibi

Kuni kecha AQSHning Mayami shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha tashkil etilgan “Gold Coast International Cup – 2014” an’anaviy xalqaro turnirida yosh gimnastikachimiz Taxmina Ikromova jami uchta medalni qo‘lga kiritdi.

Dunyoning o‘nga yaqin mamlakati vakillari ishtirokida o‘tkazilgan musobaqada hamyurtimiz ko‘pkurash bahslarida oltin medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, turnir davomida erkin mashq bajarish bo‘yicha ham oltin, xalqa va to‘p o‘ynatishda bir juft kumush medal sohibi bo‘ldi.

Bugun mamlakatimizda 6-15 yoshgacha bo‘lgan 35 ming nafardan ziyod qiz sportning ushbu nafis turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Vaholanki, 2003 yilda bu ko‘rsatkich atigi 1646 nafarni tashkil etar edi. Bunday jadal o‘sish sur’atlarini yurtdoshlarimizning sportga, ayniqsa, qizlar sportiga nisbatan qarashi tubdan o‘zgargani, ota-onalar farzandining sportga mehr qo‘yishi qanchalik ulug‘ maqsadlarga poydevor bo‘lishini anglab yetayotgani, bolalar sporti mamlakatimizda tom ma’noda umummilliy harakatga aylanib borayotganidan dalolat beradi.

Yana o‘qing:  Dunyo va salomatlik (2014/4)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: