Dunyo va salomatlik (2014/4)
Insonning uzoq umr ko‘rishi tanasidagi xollar soniga bog‘liq
Britaniyaning London Qirollik universiteti olimlari 18 yoshdan 79 yoshgacha bo‘lgan 1200 nafar egizak ayollar ishtirok etgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra tanadagi xollar soni uzoq umr belgisi degan xulosaga kelishdi.
Tadqiqotlar natijasida tanasida xoli ko‘p bo‘lgan ayollar tengdoshlariga nisbatan anchayin yosh ko‘rinishlari (7 yosh!) aniqlangan. Bundan tashqari qarilikka moyillik ham ularda ancha kech boshlanadi. Shu bilan birga ko‘z va yurak a’zolari hamda ba’zi mushaklari ancha kuchli rivojlangan bo‘ladi.
Qora choy insultning oldini oladi
Karolina instituti xodimlarining fikricha bir kunda 4 finjon qora choy iste’moli insult xavfini 21 foizga kamaytirar ekan.
10 yil davom etgan tadqiqotlarda 75 ming nafar ko‘ngilli ishtirok etdi. Ishtirokchilarning kun tartibi mutaxassislar tomonidan doimiy nazorat qilib borildi.
Tadqiqot davomida yurak xuruji bilan asosan qora choy o‘rniga boshqa ichimlik iste’mol qilganlar og‘rigani kuzatildi.
Sovuq havo yurak xurujiga sabab bo‘ladi
Antverpen universiteti qoshidagi tibbiy klinika professori Mark Klays uch yil davomida olib borgan tadqiqotlari natijasida havo sovuq bo‘lgan paytlarda yurak hurujlari ko‘proq kuzatiladi, degan xulosaga keldi.
Tadqiqotchilarning fikricha sovuq inson teri retseptorlariga ta’sir qilishi natijasida asab hujayralarida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida yurakka ortiqcha bosim yuklaydi. Shu sababdan yurak xuruji xavfi ortishiga olib keladi. Bundan tashqari sovuq ob-havoda qon anchayin quyuqlashadi va bu tromblar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Nodira DUSHAYEVA tayyorladi