“Ayol qalbi – mehr bulog‘i”

Do‘stlik

Do‘stlik asli ishonchdan

Tug‘iladi yurakda.

Yoningdagi sirdoshing,

Qo‘llaydi har tilakda.

Yaxshi do‘sting hayotda,

Bor yo‘g‘ingni biladi.

Qadringni baland tutib,

Suyanchig‘ing bo‘ladi.

Nodira QURBONBOYEVA,

O‘zDJTU qoshidagi 3-son akademik litseyi o‘quvchisi


Ayol

Ayol qalbi – mehr bulog‘i,

Nafosati gullarga qiyos.

Bahra olar kishi so‘zidan,

Lutf aylasa parilarga xos.

Beshik quchib tunlari bedor,

Alla aytib tongni kutadi.

Farzandiga baxshida joni,

U dunyoni obod etadi.

Nigora JUMABOYEVA,

Toshkent viloyati, Angren shahri


El koriga shay bo‘lib

Har bir o‘g‘il, har bir qiz,

Vatan toqida yulduz.

El koriga shay bo‘lib,

Ulg‘ayadi shubhasiz.

Alpomishlar qoni bor,

Tuganmas imkoni bor.

Faxru g‘urur uyg‘otgan,

Tinchlik yor makoni bor.

Yoshlar elning shonini,

Oqlab oq sut, nonini.

Ko‘ksini qalqon etib,

Saqlar yurt qo‘rg‘onini.

Ma’mur QURBONOV,

Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ iqtisodiyot kolleji I-bosqich o‘quvchisi

Yana o‘qing:  Muallimlik – muqaddas kasb

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: