Farzandimizni skoliozdan asraymiz desak…

Afsuski, ko‘pgina ota-onalar o‘z farzandining qilayotgan harakatlariga befarq bo‘lishadi. Yosh bolalarning har bir harakati uning kelgusi hayotdagi salomatligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu o‘rinda «Bolaning qilayotgan harakatiga skoliozning, ya’ni umurtqa pog‘onasi qiysha­yishining nima dahli bor?», degan savol tug‘ilishi tabiiy hol.

Kasallikning oldini olish uni davolashdan ko‘ra ancha oson. Shunday dardlar borki, ularni erta aniqlamaslik davolashda ancha qiyinchiliklarni tug‘diradi. Shulardan biri bolalardagi tayanch-harakat apparatlari kasalliklari, ya’ni umurtqa pog‘onasining qiyshayishi (skolioz)dir.

Skoliozni keltirib chiqaruvchi omillar:


– boshlang‘ich sinfga borayotgan bolangizga yelkaning bir tomoniga osiladigan sumka olib berasiz. Uning suyaklari hali to‘liq qotmagan. Har doim bir tomonga sumkani osib yurish natijasida tana suyaklarining shu tomonga qiyshayishi kuzatiladi;
– farzandingiz uyda dars tayyorlayotgan vaqtida stulga to‘g‘ri o‘tirmasligi va shu stol-stullar uning yoshiga to‘g‘ri kelmasligi ham kasallik yuzaga chiqishida yetakchi omillardan biri hisoblanadi;
– bola erkin yurganda egilib yoki boshini egib yurishi mumkin, bu ham skoliozga sabab bo‘ladi;
– bola raxit kasalligiga chalingan bo‘lsa, suyaklarda kalsiy yetishmasligi oqibatida umurtqa pog‘onasining qiysha­yishi kuzatiladi;
– bolalarni og‘ir yuk ko‘tarishga majbur qilish tufayli umurtqa pog‘onasi qiyshayishi mumkin;
– yosh bolalarni atrofiga yostiq qo‘yib, o‘tirishga majbur qilish oqibatida hali bunga tayyor bo‘lmagan nozik umurtqa pog‘onasida egilish holati paydo bo‘ladi;
– ovqatlanish ratsionida tarkibida kalsiy saqlovchi oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmasligi natijasida suyaklarning mustahkamligi buziladi. Bu ham skolioz kasalligi yuzaga kelishiga sababchi bo‘ladi.


Agarda qiz bolada skolioz paydo bo‘lsa, voyaga yetib turmush qurgandan so‘ng unda tug‘uruq jarayoni qiyin kechadi. Bo‘yin yoki bel umurtqalarining qiyshayishi oqibatida ularda bukrilik holati vujudga kelishi yoki umurtqa pog‘onasining orasiga tuz va suyuqliklar yig‘ilishi mumkin. Bunday holatlar sodir bo‘lmasligi uchun, albatta, farzandlaringizning salomatligi haqida qayg‘urishingiz lozim.


Ota-onalar bolalarini bu xastalikka chalintirmaslikka harakat qilishlari kerak. Agar bolada raxit bo‘lsa, uni o‘z vaqtida davolating, bola hali o‘tira olmasa, uni o‘tirishga majbur qilmang! Maktabda o‘qiydigan farzandlaringizni stol-stulda to‘g‘ri o‘tirishga o‘rgating! Bolangiz ikki yelkaga baravar osiladigan sumkadan foydalanishini ta’minlang!
Bolalarning ovqatlanish ratsionidan qatiq, sut, tvorog, baliq o‘rin olishi kerak. Ularni sport to‘garaklariga qatnashishga undang! Chunki, sport – salomatlik garovidir.


Bolalarni tekis, yog‘och karavotlarda ko‘proq yotqizing. U bola umurtqasining to‘g‘ri o‘sishiga yordam beradi. Prujinali krovatlardan foydalanmang! U umurtqa pog‘onasi qiyshayishiga moyillik yaratadi.

Jismoniy chiniqish omillaridan oqilona foydalanish bolalarda uchraydigan har xil kasalliklarni davolash va ularning oldini olishda katta yordam beradi, farzandlaringiz sog‘lom, baquvvat bo‘lib o‘sadi hamda ruhiyati ko‘tarinki bo‘ladi.

Maryam QODIROVA tayyorladi

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: