Dori vositalarining «kulrang» bozori

 

Kuni kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan IV-Evroosiyo  farmatsevtika forumi kontrafaktga qarshi kurash va keng qamrovli tekshiruv loyihalarini ishlab chiqish haqida bo‘ldi.

Bugungi global o‘sish davrida davlatimizda farmatsevtika bozori jadal o‘sishda davom etmoqda. Shu bois sog‘liqni saqlash tizimi tibbiyot uchun yangi texnologiyalarni jalb qilish va rivojlantirish uchun innovatsion yechimlarga ehtiyoj sezmoqda. Ammo buning uchun kontrafakt va kontrabanda dori vositalaridan ishonchli himoya tizimini yaratish zarur.

Mazkur forum doirasida ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda farmatsevtika bozorining rivojlanishi va tibbiyotga innovatsiyalar joriy etilishiga bir qancha omillar, jumladan, kasalliklarni aniqlash bo‘yicha milliy dasturlar ishlab chiqilishi, onkologiya, gematologiya, yurak-qon tomir va boshqa kasalliklar diagnostikasini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojning qondirilmaganligi, dori vositalari bilan ta’minlash tizimini xalqaro standartlarga muvofiq modernizatsiya qilish, majburiy tibbiy sug‘urtani bosqichma-bosqich joriy etishda sarmoya va innovatsiyalarni jalb qilish, hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi lozim.

Fyodor Novikov,

AstraZenecaning Rossiya va Yevroosiyodagi chegara bozorlari rahbari:

– O‘zbekiston AstraZeneca uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda. Dori vositalarini ishlab chiqarishdan tashqari, kompaniya onkologiya va surunkali yuqumli bo‘lmagan kasalliklar sohasida uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan. Biz butun ekotizimni yaratishda, jumladan, diagnostika, shifokorlarni marshrutlash va tayyorlashda ishtirok etishga tayyormiz. Bu esa bemorlarni erta bosqichda aniqlash va ularni asl dori vositalari bilan samarali davolash imkonini beradi.

Aleksey Teteryuk,

AstraZenecaning Rossiya va Yevroosiyo hukumati bilan aloqalar va dori vositalari bozoriga kirish bo‘yicha menejeri:

– Avvalo, rasmiy kanallarni chetlab o‘tib, noma’lum yo‘l bilan respublikaga olib kirilgan dori vositalari inson salomatligiga jiddiy tahdid ko‘rsatmoqda. Bozorda kontrabanda va kontrafakt mahsulotlarning katta hajmi ishlab chiqaruvchilar va innovatsion kompaniyalar uchun investitsiya jozibadorligini pasaytiradi. Muammoni hal qilishda qonunchilikni tartibga solish, dori vositalari aylanishi ustidan nazoratni kuchaytirish va qoidabuzarlarni aniqlashga e’tibor qaratish lozim.

Buning uchun dorixonalarda postmarketing nazorati va “sirli xaridorlar” ishtirokidagi tadqiqotlarni o‘tkazish, noqonuniy savdo uchun ma’muriy va jinoiy jazo choralarini kuchaytirish zarur.

Forumda kompaniya vakili “kulrang” dori vositalari bozoridagi vaziyatni yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun idoralararo ishchi guruh tuzishni taklif qildi.

Har yili forumni o‘tkazishdan maqsad, xalqaro miqyosda yirik ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlarning top-menejerlarini, hukumat va nazorat organlari xodimlari, texnologiya yetkazib beruvchilar, yuridik ekspert va soha maslahatchilarini birlashtirgan holda strategik muhokamalar, tarmoq va farmatseftika sohasi biznesini rivojlantirishda noyob  va samarali muhit yaratishdan iborat.

Maryam AHMEDOVA,

jurnalist

 

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: