Krishtianu Ronaldu “Oltin to‘p” sohibi

Futbol bo‘yicha eng nufuzli sovrin bo‘lgan “Oltin to‘p” va nihoyat o‘z egasini topdi. 13 yanvar kuni Shveysariyaning Syurix shahrida 2013 yil yakunlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘tgan mavsum davomida ko‘plab bahslarga sabab bo‘lgan mukofot Madridning “Real” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduga nasib qildi.

Kutilgan va kutilmagan natija: “Oltin to‘p”ning navbatdagi sohibi – Krishtianu Ronaldu. Muxlislar ikki marotaba portugaliyalik futbolchining ko‘z yoshlari guvohi bo‘lishdi.

FIFAning yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimida yana bir qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi:

“Yilning eng yaxshi murabbiyi” deb Yupp Xaynkes (sobiq “Bavariya” klubi bosh murabbiysi) tan olindi.

“Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” deya tan olinib, ayollar o‘rtasidagi“Oltin to‘p” sovriniga Germaniya terma jamoasi darvozaboni Nadin Angerer ega bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, sovrin uchun braziliyalik Marta va AQSHlik Abbi Vambax ham kurash olib borishgan edi.

“Yilning eng yaxshi ayollar murabbiysi” deb Germaniya ayollar terma jamoasi bosh murabbiysi Silviya Nayd tan olindi

“FIFA “Feyr-pley” sovrini” Afg‘oniston Futbol Federatsiyasiga topshirildi. Sovrinni federatsiya prezidenti Keramuddin Karim qabul qilib oldi. E’tirof etish joiz, 2012-yilgi FIFA “Feyr-pley” sovrinini O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi qo‘lga kiritgan edi.

Yilning eng chiroyli goli uchun “Pushkash” sovrini kutilganidek shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibrohimovichga topshirildi. Eslatib o‘tamiz, Neman Matich va Neymar ham oxirgi soniyalargacha ushbu sovringa ega chiqish ilinjida edilar.

Yana o‘qing:  Vatan himoyasi – mardlar farzi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: