“Immun patruli” loyihasi ishga tushiriladimi?

Bolalar salomatligini saqlash, ularning yuqumli kasalliklar va vaksinatsiya haqidagi bilimini oshirish maqsadida Jahon Sog‘likni Saqlash tashkiloti (JSST) “Immun patruli” o‘yin platformasini ishlab chiqdi.

Joriy yilning 1 may kuni JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, JSST Yevropa mintaqaviy ofisi, O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoyat salomatligi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda mazkur platformaning taqdimoti va virtual namoyishi hamda uni O‘zbekistondagi maktab dasturlariga joriy etish muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Aytish joizki, “Immun patruli” o‘yinli platformasi 10-12 yoshli bolalarga yuqumli kasalliklar, immun tizimi va vaksinatsiya haqida tushuncha berish maqsadida JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘quvchilarni bir vaqtning o‘zida interaktiv ta’lim tajribasiga jalb qilgan holda tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Tadbirda JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi mutaxassisi Sif Nielsen, JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi immunizatsiya bo‘yicha mutaxassislari Sachin Rewaria va Renat Latipov, O‘zbekiston Ta’lim markazi metodisti Eldor Ochilov va boshqalar so‘zga chiqib, mazkur platformaning ahamiyati, maktablarda qo‘llash, natija va boshqa tomonlari bo‘yicha rolik va prezentatsiya hamda ma’ruza va muhokama qilinib, savol va javoblar asosida o‘tdi.

“Immun patruli” loyihasi doirasida  maktab o‘quvchilari berilgan vazifalarni sinfda bajarish bilan birga, onlayn o‘yinlarda ham ishtirok etadilar. Mazkur platformada o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida guruhlarga bo‘linib, turli modullar bo‘ylab jamoaviy sayohatga yo‘l oladi, ularga Julyetta ismli animatsion qahramon yordam beradi. Modullarni yakunlagan o‘quvchilar “Immun patrul” Akademiyasi a’zosi sifatida, olgan bilimlarini hayotda qo‘llashga tayyor bo‘ladilar.

Belgiyaning Antverpen va Daniyaning Orxus universitetlari ko‘magida immunologiya, vaksinologiya va ta’lim sohalaridagi mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan mazkur platforma Armaniston, Daniya, Moldova Respublikasi, Ukraina kabi davlatlarda tajriba qilinganda, o‘quvchilarning bilimi va o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqlarining sezilarli faollashganini ko‘rsatdi.

Platformaning ahamiyati – maktablarda yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish va o‘quvchilar o‘zlarini yuqumli kasalliklardan himoya qila olish tushunchasiga ega bo‘lishlaridir.

 “Immun patruli” biologiya, tarix va sanitariya bo‘yicha bilimlar elementlarini o‘z ichiga olgan 6 ta moduldan iborat bo‘lib, mamlakat miqyosida sog‘liqni saqlash bo‘yicha maktab dasturlariga to‘liq integratsiya qilish uchun ishlab chiqilgan.

Aytish joizki, ushbu loyiha “Gavi” vaksina Alyansi tomonidan moliyalashtiriladi va Markaziy Osiyo Respublikalarida immunizatsiya tizimini uzoq muddatli mustahkamlashga ko‘maklashuvchi Yevropa Ittifoqi tomonidan birgalikda moliyalashtiriladi.

Maryam AHMEDOVA

Yana o‘qing:  Qo‘l yuvish gigiyenasi: u bola salomatligida qanday o‘rin tutadi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: