Homiladorlikda qo‘l uvushishining sababi nima?

Homiladorlikda ko‘plab ayollarda qo‘l uvushishi kuzatiladi. Bunday holat turli omillarga bog‘liq. Xo‘sh, ular qaysilar? Bu homila uchun xavflimi?


Ko‘pincha oyoq-qo‘llar uvushishi onaning sog‘lig‘i va rivojlanayotgan homila uchun xavf tug‘dirmaydi, ammo istisno holatlar ham mavjud. Shu bois, uning sababini aniqlash va o‘z vaqtida tegishli choralar ko‘rish zarur.
Homiladorlikda qo‘l uvushishining umumiy sabablari:
Shishlar – bo‘lajak ona va homila uchun xavf tug‘dirmaydigan eng ehtimoli yuqori bo‘lgan omil sanaladi. Farzand kutayotgan onada buyraklar me’yoridan ortiq kuch sarflaydi. Ulardagi suyuqlik to‘qimalarda ushlanib, asab tugunlari va qon tomirlariga bosim o‘tkaza boshlaydi.
Natijada oyoq-qo‘llarda qon aylanishi buzilib, ularning uvushishi kuzatiladi. Shuningdek, shish rivojlanishiga progesteron garmoni ishlab chiqarilishining ko‘paygani ham sabab bo‘ladi.
Homiladorlik paytida qo‘l va oyoqlarda A va V guruhiga mansub vitaminlar yetishmovchiligi tufayli ham bezov­talik kuzatiladi. Magniy, kaliy, temir va kalsiy tanqisligi oyoq-qo‘llar sezgirligining buzilishi, tortishish hamda og‘riqqa sabab bo‘ladi.
Muammoni taomnomaga mik­roelement va vitaminlarga boy oziq-ovqat mahsulotlarini kiritish orqali hal qilish mumkin.

Tonnel sindromi – bilak paylari va suyaklari orasidagi o‘rta asab tolalarining qisilishi fonida yuzaga keladigan klinik ko‘rinishlar majmui. Ushbu neyropatiya kompyuterda ishlaydiganlar, skripkachilar, pianinochi va qo‘llari doimiy zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lganlarning kasb kasalligi hisoblanadi.
Bo‘yin yoki bo‘yin-ko‘krak umurtqalari osteoxondrozi ham qo‘l uvushishi sabablaridan bo‘lishi mumkin. Homilador ayol umurtqasi va umurtqalararo disk­laridagi patologik o‘zgarish­lar tufayli buning ehtimoli ancha yuqori bo‘ladi.


Hozir dunyoda har ikkinchi odam osteoxondrozga chalingan. Homiladorlik vaziyatni yanada og‘irlashtirib, kasallik xurujini yuzaga keltiradi.
Bundan tashqari, qandli diabetdan aziyat chekadigan homilador ayollarda shikastlangan tomirlar bo‘ylab qon oqimining qiyinlashishi oqibatida qo‘l uvushishi kuzatiladi.
Qolaversa, tor kiyinish ham yeng mushaklari va asab tolalarining qisilishiga olib keladi.
Ko‘pincha o‘naqay ayollar aksariyat harakatlarni aynan o‘ng qo‘lda bajargani uchun homiladorlik paytida shu qo‘lning uvushishi qayd etiladi, chapaqaylarda esa aksincha.

Shuni unutmaslik lozimki, chap qo‘ldagi uvushishlar yurak faoliyati bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Matbuot xizmati

Yana o‘qing:  OIV vaksinasi sinovda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: