“Quvnoqlar va zukkolar”: kim g‘olib?

Singapurning Toshkentdagi Texnologiya-menejment va kommunikatsiyalar (TMS) institutida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining fakultetlararo bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda “Iqtisod” va “Pedagogika” yo‘nalishi talabalari o‘zaro kuch sinashishdi.

Tanlovda talabalarning har bir shart bo‘yicha chiqishlari ma’noga boy,  talabalar hayotidagi kamchiliklarni fosh etishga qaratilgan bo‘lib, yumor ruhida bo‘ldi.

Ular sahna ko‘rinishlari va turli chiqishlari bilan aktyorlik salohiyatiga ham ega ekanligini namoyon qilishdi.

Ayniqsa, «Feniks» jamoasidan Shalola Islomova, Shahzoda Sayfiddinova, Fazilat Ro‘zmatova, Soliha Sulaymonova hamda Mubina Mahmudova tadbirda faolllikni qo‘ldan bermay, quvnoq va zukko ekanliklarini ko‘rsatishdi.

«Parlament» jamoasidan Diana To‘rayeva, Nozima Abdukarimova, Ibrohim Ziyodullayev, Shuhrat Karimov hamda Abror Pardayev ham ulardan qolishmadi.

Bir so‘z bilan aytganda,  yoshlar nafaqat ilm olishda, balki san’at sohasida ham mubolag‘asiz mahoratli ekanliklarini isbotladilar.

Go‘zal BEGIM

Yana o‘qing:  Navoiyda 395 nafar qariya bepul dori-darmon bilan ta’minlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: