Jarohatlangan quloq pardasi qayta tiklanmaydimi?

Quloq nafaqat eshituv a’zosi, balki bosh miyaga eng yaqin organ hisoblanadi. Shu bois uning shikastlanishi, ayniqsa, quloq pardasining jarohatlanishi inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi.

Quloq pardasi (nog‘ora parda) tashqi va o‘rta quloqni bir-biridan ajratib turuvchi membrana hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi ovozni uzatishdan iborat. Nog‘ora parda eshitish tizimining chuqurroq qismlariga ovozli tebranishlarning sifatini buzmagan holda yetkazib beradi.
Shuningdek, quloq pardasi tashqi muhit ta’sirini sezuvchan bo‘lib, uning lat yeyishi, teshilishi va yirtilishi eshitish qobiliyatining vaqtinchalik yoki qayta tiklanmas darajada yo‘qolishiga hamda o‘rta quloqqa infeksiya tushishiga sabab bo‘ladi.


Xususan, quloq tozalayotganda tozalagichni ichkari o‘rta qatlamgacha kiritib yuborish yoki undagi yot jismlar, jumladan, turli hasharotlar nog‘ora pardasiga zarar yetkazishi mumkin. Qolaversa, kuchli shovqin, havo bosimining o‘zgarishi, o‘rta quloqdagi o‘tkir yallig‘lanish, barotravma, ekssudativ, otit kabi kasalliklar ham ushbu muammoni keltirib chiqaradi.


Quloq pardasi teshilganining o‘ziga xos belgilaridan biri unda shovqin paydo bo‘lishidir. Qolaversa, atrofdagi tovushlarni eshitish, nutq buzilishi, undan shaffof suyuqlik, qon yoki yiring oqishi, bosh aylanishini chaqiruvchi ko‘ngil aynishi va qayt qilish ham uning alomatidir.
Ko‘pchilik ushbu parda teshilsa, qayta tiklanmaydi, deb o‘ylaydi. Biroq bu noto‘g‘ri tushuncha. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 55 foiz yorilgan nog‘ora pardasi hech qanday aralashuvsiz mustaqil tiklanadi. Jarohatning bitib ketishi tanadagi har qanday shikastlanishda bo‘lgani kabi tabiiy ravishda sodir bo‘ladi. Jiddiy klinik holatlarda esa jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi.


Operatsiya umumiy yoki mahalliy anesteziya ostida o‘tkazilishi mumkin. Teshikni yopish jarayonida quloq suprasi ustidagi teri olinadi. Ushbu muolaja manipulyasion mikroasboblar va o‘z-o‘zidan so‘riladigan choklarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi.


Tiklanish davrida qat’iy rioya qilinishi kerak bo‘lgan bir necha tavsiyalar mavjud. Birinchidan, burunni keskin qoqish, undan intensiv nafas olish va o‘rta quloqdagi bosimni kuchaytiruvchi boshqa harakatlarni bajarish mumkin emas. Shu bilan birga, bunday bemorlarga suzish tavsiya etilmaydi. Chunki quloqqa suyuqlik kirib ketmasligi kerak.


Bundan tashqari, vaqtincha havo transporti bilan sayohat qilish tavsiya etilmaydi. Agar quloq pardasi teshilgan bo‘lsa, paysalga solmasdan lor-shifokor nazoratida davolanish shart. Aks holda eshitish a’zosiga turli infeksiyalar tushishi oqibatida yallig‘lanish jarayoni jadallashib ketishi mumkin. Bu esa asorati og‘ir bo‘lgan boshqa xastaliklarga sabab bo‘ladi.

Sanjar MAVLONOV,
shifokor

Yana o‘qing:  Virusli gepatit V qanday kasallik?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: