Gaymoritni xalq tabobati usuli bilan davolash
– Yerqalampir (xren) ildizini cho‘tka bilan yaxshilab yuvib, blender yoki mayda qirg‘ichdan chiqaring. O‘rtacha kattalikdagi bitta limonni ham cho‘tka bilan obdon yuvib, maydalang yoki go‘shtqiymalagichdan chiqaring. Ikki osh qoshiq qirg‘ichdan chiqarilgan yerqalampir va limonning hammasini yaxshilab aralashtiring. Ertalab va kechasi hosil bo‘lgan massadan 1 osh qoshiqdan og‘izga solib, sekin va uzoq vaqt chaynang. Bu sizga yoqmasligi, tabiiy. Biroq, ikki hafta davomida chidashga to‘g‘ri keladi.
Diqqat!
Retsept me’da-ichak yo‘li yallig‘lanishi va yara kasalliklarida, astmada, allergik xastaliklarda ta’qiqlanadi.
3 ta aloy va 3 ta kalanxoy bargini yuvib, suvini siqib oling. 1 choy qoshiq asal va ozroq tuz qo‘shing. Asal va tuz eriguncha obdon aralashtiriladi. 2-3 qavat dokadan o‘tkazing: shunda erimagan tuz kristallalari o‘tmaydi (ular burun shilliq qavatini kuydirib qo‘yishi mumkin). Ertalab va kechasi burunga 2-3 tomchidan 2-3 kun tomizing.