Teridagi xollar onkologik muammolarga sabab bo‘ladimi?

Xol odamning bo‘yin yoki bosh kabi a’zolarida joylashgan bo‘lsa, uni jarohatlanishdan ehtiyotlash lozim. Chunki bo‘yinga har kuni kiyimlarning yoqasi tegib ishqalanadi. Boshda bo‘lsa, sochni taraganda taroq tegib, jarohatlashi mumkin.

Bundan tashqari, quyosh nurida toblanish natijasida ham xollarning xususiyati o‘zgarib, xavfli tus olishi ehtimoldan xoli emas.

Xollarni uyda mustaqil davolashga harakat qilish oqibatida ba’zan pigment to‘qimasida paydo bo‘ladigan xavfli o‘sma – melanoma yuzaga kelishi mumkin. Unga har xil malhamlar surish, bilib-bilmay, turli usullarni qo‘llash teriga zarar berish ehtimoli yuqori.

Xollar birdan paydo bo‘lsa, qisqa vaqt ichida ko‘paysa, yorilsa yoki usti dag‘allashsa, rangi to‘q bo‘lib o‘zgarsa, albatta onkolog mutaxassisga borish lozim.
Xol bezovta qila boshladimi, unga sira e’tiborsiz bo‘lmaslik kerak. Chunki u yallig‘lansa, yomon sifatli o‘smaga aylanishi tezlashadi.
Onkolog ko‘rigida bo‘lish va mutaxassisning aniq tashxisiga asoslanib, tavsiyalarni o‘z vaqtida bajarish zarur.

Agar xol oddiy shamollash yoki yallig‘lanish tufayli paydo bo‘lsa, u holda bemor kerakli shifokor huzuriga yuboriladi.

Tojiddin MUSTAFOYEV,
onkolog

Yana o‘qing:  ILK BOR MIYa FALAJIGA ChALINGAN BOLA OPERATSIYa QILINDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: