Qo‘llar nega titraydi?

Bugungi kunda qo‘llarning titrashi nafaqat qariyalar, balki yoshlar orasida ham uchramoqda. Bunday holatga turli kasalliklar sababchi bo‘lishi mumkin. Ulardan biri – essensial tremor. U nasliy va orttirilgan bo‘lishi mumkin.

Parkinsonizmning qaltiroqli turida tinch holatda ham tremor kuzatiladi. Neyrogen tremorda esa faqat asabiylashganda tremor kuchayib ketishi mumkin. Shuningdek, qarilik bilan bog‘liq tremor mavjud. Bunda ham titroq bo‘ladi, bundan tashqari, qalqonsimon bez kasalliklarida ham qaltirash kuzatiladi. Umuman, nevrologiyada turli kasalliklar borki, ularning bitta simptomi titroq bo‘lishi mumkin.

Titroqni bartaraf qilish uchun avvalo, uning sababini aniqlash kerak. Albatta, titroqqa umumiy davo qilinmaydi. Masalan, parkinson kasalligi bilan bog‘liq tremorda boshqacha, essensial tremorda bosh­qacha davolash choralari ko‘riladi yoki qalqonsimon bez bilan bog‘liq titroq bo‘lsa, qalqonsimon bez kasalligining o‘zini davolashga to‘g‘ri keladi. Umumiy davo chorasi yo‘q. Birinchi navbatda, nevropatologga murojaat qilish kerak. Shifokor kerakli tekshiruvlardan so‘ng tashxis qo‘yib, kerakli muolajalarni buyuradi.
Qo‘llardagi titroq va butun tanadagi titroq bilan bizga 45 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan bemorlar murojaat qilishadi. Shuni ham aytish joizki, hozir bu muammolar bilan kichik yoshdagilar ham murojaat qilishmoqda. Bu esa achinarli.


Titroqni davolashda insonning ruhiy holatini yaxshilash ham muhim. Hamma narsaning faqat yaxshi tarafini ko‘rish, arzimagan narsaga jahl qilmaslik kerak. Psixologik mashqlar ham bunda katta yordam beradi. Ayniqsa, o‘zini o‘zi boshqarish va nazorat qilishga o‘rgatuvchi mashg‘ulotlarning xotirjamlikni saqlashda katta foydasi bor.

Bobur ALIMOV,
nevropatolog

Yana o‘qing:  Sog‘lom turmush tarzi astma kasalligidan saqlaydi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: