Elektron sigareta salomatlik uchun xavfsizmi?

Oddiy va elektron sigaretalarning har ikkisi ham zararli. Ularning barchasida nikotin va kanserogen moddalar mavjud. Nikotin insonda juda kuchli qaramlikni keltirib chiqaradi. Ayniqsa, hali yaxshi rivojlanmagan markaziy asab tizimi bu moddaga tez o‘rganadi. Agar ushbu tizimning shakllanishi taxminan 25 yoshgacha davom etishini e’tiborga olsak, elektron sigaretalar yoshlar salomatligi uchun juda xavfli.


Xususan, bunday mahsulotlarni chekish yurak-qon tomir va o‘pka kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Oddiy va elektron sigaretalarni birgalikda chekish esa yanada zararli. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bunday holatlarda nafas olish a’zolari va yurak-qon tomir xastalik­lari xavfi 2 barobarga ortadi.

Shuhrat ShUKUROV,
Sog‘liqni saqlash vazirligining
tamakiga qarshi kurashish bo‘yicha bosh konsultanti

Yana o‘qing:  INSULIN ISHLAB ChIQARUVCHI HUJAYRA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: