Bola tunda tishlarini nega g‘ichirlatadi?

Ba’zi bolalar tungi uyquda tez-tez tishlarini g‘ichirlatadi. Ko‘pchilik ota-onalar bundan tashvishga tushsa-da, shifokorga borishga doim ham shoshilmaydi. Shu o‘rinda bu qanchalik xavfli, unga qanday omillar sabab bo‘ladi, degan savollarga javob izlaymiz.

Tishlarni beixtiyor g‘ichirlatish tibbiyotda bruksizm deb ataladi. Kichik yoshdagi bolalarda ushbu holat asosan tunda, uxlayotgan paytda kuzatiladi. Odatda u juda qisqa vaqt, ya’ni 10-15 soniya davom etadi. Bola o‘smir yoshga yetgach, bu holat o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. O‘smirlar va kattalarda esa tish g‘ichirlatish deyarli uchramaydi.
Bruksizm bola organizmida sodir bo‘ladigan ayrim jarayonlar sababli yuzaga kelishi mumkin. Xususan, chaqaloqlarda tish chiqishi, kuchli asabiylik, burun bitishi, tepa va pastki tishlar bir-biriga noto‘g‘ri birikishi, mavsumiy allergik xastaliklar, O‘RVI, gripp kabi nafas olish yo‘llari infeksiyalari, vitamin va minerallar yetishmasligi, maktab yoshidagi bolalarda dars yuklamalari va baholar haqida tashvishlanish bruksizmga sabab bo‘lishi mumkin.
Ko‘pchilik ota-onalar farzandi organizmidagi turli parazitlarni tish g‘ichirlatish sababi deb o‘ylaydi. Biroq o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, ularning bir-biriga bog‘liqligi aniqlanmagan.

Tunda tishlarini g‘ichirlatadigan bolalarda ko‘pincha bosh og‘rig‘i, lohaslik, uyquchanlik, injiqlik va yig‘loqilik, notinch uyqu, quloqlar bitishi kabi salbiy alomatlar kuzatiladi. Agar bu holat o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, tishlar yemirilishi, tezda chirishi, nutqiy buzilishlar paydo bo‘lishi mumkin.
Shu sababli bolani kechiktirmay pediatr yoki stomatolog shifokor ko‘rigidan o‘tkazish lozim. Agar bruksizm stress yoki yuqori asabiy qo‘zg‘aluvchanlik natijasida kelib chiqayotgan bo‘lsa, psixolog yoki nevropatolog maslahati zarur bo‘ladi.

Dinara DO‘STMUHAMMEDOVA,

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim boshlig‘i

Yana o‘qing:  Aromaterapiya – xushbo‘y iforlar bilan davolash

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: