Kalsiy yetishmasligi qanday belgilar bilan namoyon bo‘ladi?

Inson salomatligi uchun organizmda vitamin va mineral moddalar yetarli miqdorda bo‘lishi zarur. Aks holda tanada salbiy o‘zgarishlar kuzatilib, jiddiy asoratlar kelib chiqishi mumkin. Kalsiy ana shunday element. U nerv tomirlarida impuls o‘tkazuvchanligini, mushaklar qisqarishini boshqarishda ishtirok etadi va qon ivish tizimining asosiy komponenti hisoblanadi.

So‘nggi vaqtlarda dunyoda koronavirusning og‘ir shakli bilan kasallanib sog‘aygan aksariyat bemorlarda tayanch-harakat tizimi xastaliklari ko‘p uchrayapti. Bunga esa aynan kalsiy yetishmasligi sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Shu bois mutaxassislar Covid-19ga qarshi to‘liq bosqichlarda va buster doza bilan emlanishni tavsiya etadi. Sababi, o‘z vaqtida vaksina olish yuqoridagi kabi jiddiy asoratlarning oldini olishga xizmat qiladi!
Aslida ushbu moddaning kamligi bilan tanada boshqa metobolik jarayonlar ham izdan chiqadi. Suyaklar, tishlar, soch va tirnoqlar holatiga salbiy ta’sir etadi. Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari rivojlanadi, immunitet zaiflashadi.

Shuningdek:
– asabiylik va fikr tarqoqligi;
– ko‘p terlash;
– tanada tez-tez titroq;
– tez charchash;
– mushaklar tortishishi;
– qabziyat;
– tirnoqlarda oq dog‘lar paydo bo‘lishi;
– yurak urishining buzilishi;
– tez-tez va kuchli bosh aylanishi;
– mushak, bo‘g‘im va suyaklarda og‘riqlar kuzatiladi.


Qolaversa, bolalarda o‘sishning sekinlashuvi ham aynan kalsiy yetishmovchiligi bilan bog‘liq. Ayniqsa, bu holat homiladorlik asoratlari xavfini oshiradi. Shu sababli, JSST bo‘lg‘usi onalarga ushbu elementni qo‘shimcha ravishda qabul qilishni tavsiya etadi.

Umida RUSTAMOVA,
tibbiyot fanlari doktori

Yana o‘qing:  QANDLI DIABET: bu xastalik bolalar va o‘smirlarda qanday kechadi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: