Qachon sun’iy tish qo‘yish tavsiya etiladi?

Tish va tish qatori nuqsonlari mavjud bo‘lgan barcha bemorlarga sun’iy tish qo‘yish mumkin. Bundan ularni funksional, ya’ni chaynash, nutq va albatta, estetik nuqsonlari tiklanadi.

Bemorga sun’iy tish qo‘yish jarayoni murakkab. Bunda umumiy va mahalliy tekshiruvlar asosida olingan natijalarga ko‘ra, ortoped-stomatolog va zarur hollarda stomatologiyaning boshqa yo‘nalishlari mutaxassislari bilan hamkorlikda qaror qabul qilinadi.
Shundan so‘ng, sun’iy qoplama turi, xom­ashyo va qancha muddatga qo‘yilishi bo‘yicha jarayonlar olib boriladi.


Sun’iy tishlar – tish-toj qismining turli ichki va tashqi sabablariga ko‘ra, qisman yoki to‘liq yemirilishida, shuning­dek qatorlarining kichik, o‘rta va katta nuqsonlarini tiklash maqsadida tavsiya etiladi.


Sun’iy tishlarning turlari xilma-xil bo‘lib, bir-biridan ma’lum xususiyatlarga ko‘ra farqlanadi.
Masalan, foydalanish vaqtiga ko‘ra, (doimiy yoki vaqtinchalik), bajaradigan vazifasiga (tiklovchi, himoya, tayanch) va tayyorlanish usuliga (ezib, quyish, kuydirish, charxlash, bosim ostida presslash) hamda xomashyosiga ko‘ra (metal va metalmas, keramika), mineral(sirkon dioksid) kabi turlarga ajratiladi.

Sun’iy tish turlari ma’lum bir ko‘rsatmalar asosida bemorlarga tavsiya etiladi. Ushbu ko‘rsatmalar ularda umumiy va mahalliy tekshiruvlar natijasida olingan xulosalar, bemorlarning xohish-istak­laridan kelib chiqqan holda shakllanadi.

Saidazim MURTAZAYEV,
tibbiyot fanlari doktori,
stomatolog

Yana o‘qing:  Diareyadan saqlaning!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: