Orziqib kutilgan ayyom

“Turkiston” saroyida “Prezident archasi” tantanalari bo‘lib o‘tdi

Navqiron avlodga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, yoshlarga jahon andozalari darajasida ta’lim-tarbiya berish, ularni hech kimdan kam bo‘lmagan, yuksak ma’naviyatli, sog‘lom tafakkurli insonlar qilib voyaga yetkazish Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida olib borilayotgan izchil islohotlarning asosiy yo‘nalishini tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, “Sen Yolg‘iz Emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirga Toshkent shahridagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, maxsus maktab-internatlar o‘quvchilari, kam ta’minlangan, alohida ehtiyojli oilalarning farzandlari taklif etildi.

Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar jarayonida tibbiy-ijtimoiy holati, millatidan qat’iy nazar, barcha bolalarga alohida mehr va e’tibor ko‘rsatilib, ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilayotgani O‘zbekistonda islohotlar, avvalo, inson manfaatlari va yosh avlod kamoloti uchun xizmat qilayotganining yorqin dalilidir. Xususan, Mehribonlik uylarida joriy etilgan ijtimoiy-tibbiy, pedagogik, huquqiy ko‘mak bolalarning jamiyatga integratsiyalashuvini ta’minlash, ularni o‘z hayotiy pozitsiyasiga ega, mustaqil, teran tafakkurli insonlar sifatida voyaga yetishiga xizmat qilmoqda.

“Obod turmush yili” Davlat dasturi doirasida oila, vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish, Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolalarni sog‘lomlashtirish, ularni kasb-hunar ta’limi bilan to‘liq qamrab olishga doir ishlar ko‘lami yanada ortdi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, “Sen Yolg‘iz Emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi hamkorligida ota-ona mehridan bebahra qolgan, alohida ehtiyojli bolalarga har jihatdan ko‘mak ko‘rsatish, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqish va ishtiyoqini kuchaytirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Kichkintoylar turfa chiroqlaru o‘yinchoqlar bilan bezatilgan archa atrofida yangi yil, Vatan, baxtli bolalik, qish, bayram shodiyonalariga bag‘ishlangan she’rlar aytib, quvnoq kuy-qo‘shiqlar, raqslarga jo‘r bo‘ldi. Estrada va sirk san’ati ustalari ishtirokidagi konsert dasturi bolalarning quvonchiga quvonch qo‘shadi.

Jo‘shqin musiqa sadolari ostida bolalar zalga taklif etilib, jajji tomoshabinlar e’tiboriga vatanparvarlik, ahillik, do‘stlik, mehnatsevarlik, halollikni tarannum etuvchi “Mehrli dunyo” teatrlashtirilgan tomosha havola qilindi.

Bolalarga Prezidentimizning Yangi yil sovg‘alari topshirildi.

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  Eng yaxshi tibbiy muassasasi: e’tirofga qanday erishiladi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: