Emlashning ahamiyati katta

Yuqumli kasallik­lar – patogen mik­roorganizmlarning inson organizmiga kirib ko‘pa­yib, zararli ta’sir ko‘rsatishi natijasida yuzaga keladigan kasallik­lardir. Yuqumli kasallik har qanday odamga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Patogen mik­roorganizmga qarshi kurashish uchun insonning immunitet tizimi yuqoriligi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun yurtimizda milliy taqvim asosida 13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash ishlari o‘tkaziladi.

Emlash – ma’lum bir kasallikka qarshi immunitetni oshiradigan biologik preparat. Vaksina zaiflashgan yoki o‘ldirilgan kasallik chaqiradigan mikroorganizmlardan tayyorlanadi. Agent tananing immun tizimini uni begona sifatida aniqlashga, uni yo‘q qilishga va «eslab qolishga» undaydi, bu esa immunitet tizimiga kelajakda duch keladigan har qanday mikroblarni osonroq aniqlash va yo‘q qilish imkonini beradi. Vaqsinaning o‘zi kasallik keltirib chiqarishga qodir bo‘lmasa ham, tananing immunitet tizimi unga virus bordek munosabatda bo‘ladi. Halqaro tajribadan ma’lum bo‘ladiki, emlashlarning keng qo‘llanilganligi sababli, polimiyelit, qizamiq, difteriya, ko‘k yo‘tal, parotit, qoqshol va meningitning ba’zi turlari kabi keng tarqalgan kasalliklar hozirda kamdan-kam uchraydi. Emlangan odamlarda kasallik qo‘zg‘atuvchi virus yoki bakteriyalarni zararsizlantiradigan antikorlar paydo bo‘ladi. Ularning kasallikka chalinishi hamda mikroblarni tarqatish ehtimoli juda kam.


Butun dunyoda va shu jumladan, mamlakatimizda ham kompleks profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarning maqsadli amalga oshirilishi natijasida yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishda katta yutuqlarga erishildi.
Bola tug‘ilishi bilan tug‘ruq komp­lekslarida chaqaloqning yuqumli kasalliklarga qarshi emlanishi nazoratga olinadi. Chaqaloq tug‘ilishining birinchi kunida virusli gepatit «V» kasalligiga qarshi vaksinasi, 2-5 kunida sil kasalligiga qarshi BSJ vaksinasi bilan emlash olib boriladi. Shu tariqa tibbiyot xodimlari tomonidan bola Milliy kalendar asosida to‘liq emlanishi ta’minlanadi.


Yaqin ikki yil ichida barchani tahlikaga solgan COVID-19ga qarshi kurashishda, mamlakatimizda epidemik holatni barqarorlashtirishda vaksinalarning o‘rni alohida ahamiyat kasb etdi. Hozirgi kunga kelib bu kasallik qayd qilinishi keskin kamaygan. Bu natijaga erishishda Sog‘liqni saqlash tizimi tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar, COVID-19 ga qarshi vaqsinatsiya hamda buster doza bilan emlashning olib borilayotganligini alohida ta’kidlab o‘tishimiz lozim.

Xulosa o‘rnida aytish joizki, vaksinatsiya nafaqat yuqumli kasalliklar bilan kasallanish ehtimolini pasaytiradi, balki aholi o‘rtasida epidemiya, pandemiyaning oldini olib, inson umrini uzaytirishga xizmat qiladi.

Yana o‘qing:  Sog‘liq uchun zararli mahsulotlar

Shahnoza AHMEDOVA,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent shahar boshqarmasi Yunusobod tuman bo‘limi epidemiolog-immunolog vrachi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: