Iqlim o‘zgarishi xavf va tahdidlaridan xabardormisiz?

Poytaxtimizda BMT taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi hamkorligida  Farg‘ona vodiysida o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini muhokama qilish va davlat idoralari xodimlarining iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavf va tahdidlar to‘g‘risida xabardorligini o‘rganish bo‘yicha tadbir tashkil etildi.

Unda bugungi kunda dunyo miqyosida global muammo – ekologiyaning yomonlashuvi, iqlim o‘zgarishida turli xavf va tahdidlarning oldini olish hamda aholini ulardan xabardor etish masalalari ko‘rib chiqildi.

– Farg‘ona vodiysi Markaziy Osiyodagi transchegaraviy hamda iqlim o‘zgarishiga moyil hududlar orasida xavfi eng yuqori bo‘lgan zona hisoblanadi, – deydi PROON regionlar bo‘yicha loyiha menejeri Isomiddin Akramov. – Maqsadimiz Farg‘ona vodiysining Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston respublikalari bilan chegaradosh hududlaridagi barqarorligini ta’minlash, iqlim o‘zgarishi va gender tengligiga chidamli rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.

Aytish joizki, mintaqamizda o‘rtacha global ko‘rsatkichdan tezroq isish kuzatilmoqda. O‘rtacha yillik harorat so‘nggi 30 yillikda 0,5 S ga ko‘tarildi.  2058 yilga qadar harorat 2,0 dan 5,7 S gacha ko‘tarilishi tahmin etilmoqda. Bu tog‘lardagi qor qoplami va Tyan-Shan tog‘lari muzliklari hajmining qisqarishi bilan tasdiqlanadi. Bu, o‘z navbatida, havo haroratining oshishiga hissa qo‘shadigan uglevod va metan gazlari zaxiralarining ajralib chiqishiga olib keladi.

Semenarda mutaxassilar iqlim o‘zgarishlari natijasida yuzaga keladigan xavf va tahdidlar bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini  taqdim etishdi. Ijtimoiy  tadqiqot natijasida Farg‘ona vodiysida faoliyat olib boruvchi soha vakillarining iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavflar, tabiiiy ofatlar va tegishli moslashuv choralari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha xabardorlik yetarli emasligi ta’kidlandi. Ishtirokchilar Farg‘ona vodiysida iqlim o‘zgarishiga  moslashish va uning oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikda yangi yondoshuvlar,  g‘oyalar, takliflar va tashabbuslar yuzasidan  fikr va tajriba almashdilar.

Tadbir yakunida qaror qabul qiluvchilar va o‘rta bo‘g‘indagi tarmoq mutaxassislarining iqlim o‘zgarishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf va tahdidlar  to‘g‘risida fuqarolarda tushuncha va xabardorlikni oshirish maqsadida loyiha doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Maryam AHMEDOVA,

jurnalist

Yana o‘qing:  Yoshlarga saylov qonunchiligi haqida tushuncha berildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: