Bayram dasturxoniga

Bayram dasturxoningizga “original” salat qo‘yishni xohlasangiz, sizga ushbu oddiy va tez tayyorlanadigan salatlarni taklif etamiz.

Go‘sht, karam va ko‘k no‘xatli salat

Kerakli masalliqlar: 100 gr. karam, 1 banka konservalangan ko‘k no‘xat, 100 gr. qattiq pishloq, 1 dona limon, 1 dona bulg‘or qalampiri, 1 dona bosh piyoz, 200 gr. qiyma, shivit, 1 bog‘ ko‘k piyoz, 200 gr. mayonez.

Tayyorlanishi: Qiyma, piyoz hamda bulg‘or qalampirini qovurib olasiz, pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazasiz. Nafis qilib to‘g‘ralgan karamni likopchaga chiroyli joylashtirib, ustidan no‘xat, pishloq, qiyma, bulg‘or qalampiri va ko‘katlarni ketma-ket taxlab chiqasiz. Har bir masalliqning orasiga mayonez surib chiqasiz. Salatning ustki qismini pishloq va ko‘katlar bilan bezatasiz.

“Bayram” salati

Mazasi og‘zingizda qoladigan ushbu salat kattalar va bolalar uchun bir xilda sevimli taomdir.

Kerakli masalliqlar: 500 g. tovuq go‘shti, 5 dona tuxum 1 dona olma, 2-3 dona bodring, mayonez, 1 dona pomidor, ko‘katlar.

Tayyorlanishi: Qaynatib pishirilgan tovuq go‘shti va tuxumlarni sovutishga qo‘ying. Bodring va olmani po‘stidan tozalang. Olmaning o‘rtasidagi urug‘larini olib tashlang. Tovuq go‘shtini qo‘lingiz bilan soch tolasiday qilib bo‘laklang, olma va bodringni somoncha shaklida to‘g‘rang. Tuxumlarni maydaroq to‘rtburchak shaklida to‘g‘rang. So‘ngra barcha mahsulotlarni chuqurroq idishga solib unga mayonez aralashtiring. Ta’bga qarab tuz qo‘shing. Pomidorni dumaloq shaklda yupqa qilib kesing. Tayyor bo‘lgan salatni likopchaga solib, pomidor va ko‘katlar bilan bezaysiz.

MEHRIBONU

Yana o‘qing:  Ellen Robena Fild. Mitti yangi yil

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: