“SALOMATLIK” POYEZDI YANA SAFARDA

O‘sib kelayotgan yosh avlodni ham ma’nan, ham jismonan sog‘lom voyaga yetkazish ezgu maqsad etib belgilangan yurtimizda bu borada ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. “2012 yil – Mustahkam oila yili” Davlat dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Davlat dasturlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi tomonidan bajarilgan ishlarning ko‘lami keng.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK bilan hamkorlikda navbatdagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisi uchun Toshkent-Jasliq-Karakalpakiya-Toshkent yo‘nalishidagi “Salomatlik” poyezdining jo‘natilishi mazkur respublikaning chekka hududlarida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalarga insonparvarlik yordamlarini ko‘rsatish borasidagi yana bir xayrli qadamdir. Ushbu “Salomatlik” poyezdi uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK tomonidan maxsus vagonlar taqdim etilgan bo‘lib yuqori malakaga ega bo‘lgan shifokorlar guruhi aholiga zarur tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatadi.

Malakali tibbiyot xodimlari bilan bir qatorda joylarda jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi xodimlari ham aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, ushbu xayriya aksiyasi davomida aholiga va davolash-profilaktika muassasalariga oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, dori-darmon va tibbiyot anjomlari, sanitariya-gigiyena vositalari hamda tibbiy funksional krovatlar kabi insonparvarlik yuklari yetkazib berilmoqda.

“Salomatlik” poyezdining shifokorlari Jasliq, Karakalpakiya stansiyalariga yaqin hududlardan tashqari “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston respublikasi filialining “Ambulans” tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi bilan hamkorlikda hududdagi barcha “Muruvvat”, “Mehribonlik”, “Saxovat” uylari, shuningdek, bir qator shifoxonalar, tug‘ruq majmualariga hamda maxsus maktab-internatlarga o‘z yordamini ko‘rsatadi.

Bir hafta davomida malakali mutaxassislar tomonidan nogiron bolalar, xotin-qizlar, boquvchisini yo‘qotgan va ko‘p bolali oilalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, joylarda maxsus muassasalar, yordamchi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalariga muruvvat yordamlarini topshirish aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi uchrashuvlarni tashkil etish ishlari amalga oshiriladi. AQSHning “Ameri Kerz” xalqaro tashkiloti, “O‘zfarmsanoat” DAK, “Dori-darmon” AK, OAJ “Nestle-Uzbekistan” QK, OAJ “Pol-farma”, MCHJ “Dori ta’minot”, OAJ “Jurabek laboratories”, OAJ “Texnofarm” kabi homiylar yordamida tashkil etilgan “Salomatlik” poyezdi shifokorlari aholining tibbiy savodxonligini oshirish, OITS va giyohvandlikka qarshi kurashish, qarindoshlar o‘rtasida nikohning oldini olish borasida ma’ruzalar qilishmoqda. Bir so‘z bilan aytganda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom farzandning dunyoga kelishini ta’minlash, ertamiz vorislari bo‘lgan yosh avlodni sog‘lom holda kamolga yetkazishda yurtimizda olib borilayotgan xayrli ishlarda Hukumatga qarashli bo‘lmagan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining ham munosib o‘rni bor.

Yana o‘qing:  Birga kitob o‘qiylik!

Jamila HAYDAROVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: