Skrining tekshiruvlari orqali aniqlab bo‘lmaydigan ortopedik kasalliklar qanday davolanadi?

Homiladorlik davridagi skrining tekshiruvlari bolalarning sog‘lom tug‘ilishi, ulardagi nuqsonlarni erta aniqlab, bartaraf etish, o‘g‘il-qizlar orasidagi nogironlik ko‘rsatkichlarini keskin kamaytirish imkonini beradi.
Biroq homiladagi 5 turdagi ortopedik nuqsonni skrining tekshiruvi orqali aniqlash mushkul.
Ularni bola tug‘ilganidan so‘ng zudlik bilan bartaraf etish talab etiladi. Aks holda, bu nuqsonlarni davolash uchun operativ muolajalar zarur bo‘ladi.

Xo‘sh, ular qaysilar?
– chanoq-son displazeyasi;
– tug‘ma bo‘yin qiyshiqligi;
– tug‘ma maymoqlik;
– tug‘ma skoleoz;
– ko‘krak qafasi deformatsiyalari.

Homila ona qornidaligida undagi bu kamchiliklarni aniqlab bo‘lmaydi. Chunki bolaning bo‘yni yoki umurtqasi aslida ham qiyshiqmi yo uning o‘zi qiyshiq holatda yotibdimi, buni bilishning imkoni bo‘lmaydi. Faqat farzand tug‘ilganidan keyingina ularni aniq ko‘rish mumkin.
Bu kasalliklarni chaqaloq ikki oylik bo‘lguniga qadar bartaraf etish kerak. Negaki, bu davrda uning suyaklaridagi nuqsonni to‘g‘rilash oson kechadi. Keyinchalik suyaklar qotib mustahkamlanishi oqibatida davo chorasi sifatida operatsiya taklif etiladi.

Shu o‘rinda aytish joizki, barcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlar 2 oylik bo‘lganida poliklinikalarga birinchi marta emlash uchun olib kelinadi. Bu yerda ular pediatr tomonidan ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bizning taklifimiz chaqaloqlarni pediatr bilan birga nevropatolog va ortoped ham ko‘rikdan o‘tkazsin. Shunda ulardagi ortopedik kasalliklarni erta aniqlab, bartaraf eta olamiz. Operativ muolajalar uchun ketadigan ortiqcha mablag‘ va ovoragarchiliklarning oldini olgan bo‘lamiz.

Akbar Tilyakov,
Respublika bolalar ortopediya markazi direktori

Yana o‘qing:  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: