ISTIQBOLLI LOYIHALAR MAYDONI

Joriy yilning 24-26 mart kunlari poytaxtimizda 1-Toshkent xalqaro investitsiyalar forumi bo‘lib o‘tdi. Unda xalqaro tashkilotlar va moliyaviy tuzilmalar, 56 ta davlatdan tashrif buyurgan 1,5 mingdan ziyod yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlar hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki prezidentlari, vazirlar, yirik korporatsiya va kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.

Forum doirasida yalpi va sho‘ba majlislari, davra suhbatlari, taqdimotlar, brifing tashkil etildi.

Forumning yalpi majlisida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ishtirok etib, iqtisodiy sohada amalga oshiriladigan asosiy yo‘nalishlarga to‘xtalgan holda “Inson qadri uchun” g‘oyasini hayotga tatbiq etishni ko‘zda tutadigan davlatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

– Biz O‘zbekistonning 2030 yilga borib aholisi o‘rtadan yuqori daromad oladigan davlatlar qatoridan joy olishiga erishishni maqsad qilib qo‘yganmiz. Islohotlar ortga qaytmaydigan muqarrar tus olgani real haqiqatdir. Islohotlarning dastlabki yillaridayoq, iqtisodiyotimizning yillik o‘rtacha o‘sishi 5 foizni, sanoat sohasida esa 8 foizni tashkil etgani ham buni tasdiqlaydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 27 milliard dollardan 35 milliard dollarga yetdi.

Yangi Strategiyamizning pirovard maqsadi – davlat va jamiyatimizning barcha soha va yo‘nalishlarida “Inson qadri uchun” g‘oyasini hayotga tatbiq etishdir, –dedi davlatimiz rahbari.


Forum yakunlari bo‘yicha 7,8 mlrd. dollarlik aniq shartnomalar va investitsiyaviy bitimlar paketi imzolandi. Shuningdek, qiymati 3,5 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Kelishuvlarning 97 tasi investitsiyaviy, 67 tasi savdo bitimini o‘z ichiga oladi. Xorijiy investorlar, yirik xorijiy kompaniyalar, vazirlik va idoralar hamda mahalliy korxonalar o‘rtasida tuzilgan ushbu shartnomalar orqali mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan qator loyihalar amalga oshiriladi.

Xulosa shuki, investitsiyaviy jozibadorlikning oshishi mamlakatda yangi korxonalar tashkil etilishiga olib keladi, natijada minglab yangi ish o‘rinlari yaratilib, xalq farovonligi ta’minlanadi.

Maryam AHMEDOVA,
Amal SOLIYEVA.

Yana o‘qing:  Insonparvarlik tamoyili

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: