Sog‘lom bola – sog‘lom kelajak

O‘tib borayotgan 2013 yil yurtimiz hayotida muhim iz qoldirdi. Farzandlarimizning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, o‘z iqtidorini to‘la namoyon etishi yo‘lida qator ibratli ishlar amalga oshirildi.

Yurtboshimiz kirib kelayotgan 2014 yilni “Sog‘lom bola yili” deb nomlashni taklif bildirgani yurtdoshlarimiz qalbiga cheksiz quvonch baxsh etdi.

Shu o‘rinda aytib o‘tishni istardimki, bolaning sog‘lom tug‘ilishi uchun, avvalo, oilada ma’naviyat, ma’rifat, insoniy qadriyatlar yuqori darajada shakllangan bo‘lib, bo‘lg‘usi onaga e’tibor zarur. Demak, mana shunday oilada sog‘lom avlod kamol topadi, ma’naviyati butun bo‘ladi.

Xalqimizda qadimdan “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”, – degan naql bor. Bundan ko‘rinadiki har bir bolaning sog‘lom shakllanishida, ruhan tetik, jismonan sog‘lom bo‘lishida faqatgina ota-onalar emas, balki mahalladagi yaxshi insonlar, o‘qimishli, yuksak ma’naviyatli, o‘zining bilimi, qobiliyati bilan mahallada hurmat qozongan ota-onalar ham faol ishtirok etishi lozim.

Shu o‘rinda bir hikmatni misol keltirmoqchiman. Bir kuni ota-ona farzandini bir donishmandning tarbiyasiga bermoqchi bo‘lib, uning oldiga olib boribdi. Ularning so‘zlarini obdon tinglagan donishmand farzandingiz necha yoshda deb so‘rabdi. Ota-ona bolasining uch yoshga to‘lganini aytganida, donishmand afsus bilan bosh chayqab, sizlar uch yilga kechikibsizlar, degan javobni aytgan ekan. Bu hikmatdan chiqaradigan xulosamiz shuki, biz bolani tug‘ilgan zahotiyoq ham ruhan, ham jisman tarbiya qilishimiz lozim. Ana shundagina ko‘zlangan maqsadlarga erishamiz.

Bunday ulkan vazifalarni sidqidildan ado etishda barcha yurtdoshlarimizga kuch-quvvat, sog‘liq-salomatlik tilayman. Yangi yilda yangi omadlar yor bo‘lsin!

Xudoyberdi TO‘XTABOYEV,

O‘zbekiston xalq yozuvchisi

Yana o‘qing:  Birisin oy angla, birisin quyosh

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: