Bilim va salohiyat tanlovi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamkorligida “Xotin-qizlar qo‘mitasining eng namunali boshlang‘ich tashkiloti” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, har bir tashkilotning jon tomirlari – uning quyi tizimi, ya’ni boshlang‘ich tashkilotlari ekanini alohida ta’kidlab o‘tdilar. Zero, islohotlarni aholiga yetkazish, joylarda jamoatchilik rolini kengaytirish uchun ham quyi tizimlar bilan birga boshlang‘ich tashkilotlar birdek mas’uldir.

2011 yildan beri Xotin-qizlar qo‘mitasi tizimida “Xotin-qizlar qo‘mitasining eng namunali boshlang‘ich tashkiloti” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur tanlov qo‘mita tizimining yanada takomillashuvi hamda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan jonkuyar boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, bugungi kunda respublika bo‘yicha o‘zini-o‘zini boshqarish organlari, korxona, idora va muassasalardagi boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitalari soni 40 mindan ziyoddir. Bu yil o‘tkazilgan tanlovning tuman-shahar bosqichlarida 20 mingga yaqin, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar bosqichida 2000 ga yaqin boshlang‘ich tashkilot raislari ishtirok etdi. Ularning 84 nafari “Eng namunali mahalla xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti”, “Eng namunali kasb-hunar kolleji yoki akademik litsey xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti”, “Eng namunali umumta’lim maktabi xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti”, “Eng namunali tibbiyot muassasasi xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti”, “Eng namunali korxona xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti” kabi oltita nominatsiya bo‘yicha respublika bosqichida bahslashdilar.

O‘zining zukkoligi, bilim darajasi hamda o‘z ishiga mehri va sadoqati bois g‘oliblikni qo‘lga kiritgan xotin-qizlar qo‘mitasining eng namunali boshlang‘ich tashkilotlari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Muhabbat XO‘JAMURODOVA

Yana o‘qing:  Ko‘magingiz uchun tashakkurlar aytaman

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: