Jamg‘arma faoliyatidan (2013/52)

Qoraqalpog‘iston Respublikasida jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan 30 nafar nogiron bolaga yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan yil davomida 45729 nafar o‘smir tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularga tibbiy va ijtimoiy yordamlar ko‘rsatildi.

Xorazm viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali Xiva tumani 93-sonli maxsus maktab-internati hamda Urganch shahar 96-sonli maxsus maktab-internatlarida nogiron bolalar o‘rtasida “Umidli dunyo” shiori ostida sportning shaxmat-shashka, futbol, voleybol, stol tennisi va boshqa sport turlari bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi. G‘oliblarga jamg‘armaning esdalik sovg‘alari topshirdi.

Farg‘ona viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali Bog‘dod tuman tayanch punkti bilan hamkorlikda “Shodiyona” to‘yxonasida dasturxon yozilib, nogiron bolalar, kam ta’minlangan oilalarga sovg‘a-salomlar tarqatildi. Shu bilan birga tibbiy ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan 10 nafar keksa nogironlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, dori-darmonlar berildi.

Samarqand viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Ishtixon tuman Alisher Navoiy nomidagi hamda “Bo‘ronxo‘ja”, “Beshkapa”, “Qoraqang‘li” mahallalarida aholi orasida “Reproduktiv salomatlik va sog‘lom avlodni shakllantirish”, “Sog‘lom turmush tarzi” hamda homilador ayollar o‘rtasida mikronutriyent yetishmasligi haqida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Andijon viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan Viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda jamg‘armaning Xonobod va Andijon shaharlari hamda Shahrixon, Asaka, Ulug‘nor, Marhamat va Qorasuv tayanch punktlarida ro‘yxatda turuvchi 18 nafar fuqaroga nogironlik aravachalari topshirildi.

Abbosjon ERGASHEV,

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  Bepul dori-darmonlar tarqatildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: