Hamkorlik istiqbollari

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan uning tizim tashkilotlari hisoblangan O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti,  “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi, Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti hududiy filiallarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar monitoringi olib boriladi. Shunday monitoring tizim tashkilotlarning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazildi, filiallar joylashgan mahalla faollari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Monitoring jarayonida har bir viloyat hududiy filialining alohida namuna bo‘ladigan jihati ko‘zga tashlanadi va u boshqa filiallarda amalga oshirilishi bo‘yicha tadbirlar o‘tkaziladi. Masalan, tizim tashkilotlarining Toshkent viloyati Chirchiq shahar hududiy filiallari shahardagi uchta o‘rta maktabni otaliqqa olgan va ushbu maktab bilan har tomonlama hamkorlik o‘rnatgan. Samarqand filiallari esa viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatib, talabalar bilan ishlab chiqarish amaliyotini o‘tishlari, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarinini tayyorlashda laboratoriyalardan foydalanishni yo‘lga qo‘ygan.

Agentlik tizim tashkilotlarining Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududiy filiallari esa tashkilot joylashgan hududdagi mahalla bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatganligi bilan boshqa filiallarga namuna vazifasini o‘taydi.  

Binobarin, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o‘tgan yili birinchi marta nishonlangan Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan yo‘llagan tabrigida “Biz mahalla deganda, dunyoda kamdan-kam uchraydigan, insonni jamiyat bilan uyg‘un bo‘lib yashashga o‘rgatib, bag‘rikenglik ruhida tarbiyalaydigan, xalq bilan davlat o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik vazifasini bajaradigan noyob tuzilmani tushunamiz. Ayni paytda, yurtimizda yashayotgan har bir inson, millati, tili va dinidan qat’i nazar, o‘z hayotini, quvonchu tashvishlarini mahalladan ayri holda tasavvur eta olmaydi”, deb alohida ta’kidlagan edi.

Darhaqiqat, mahalla tizimi jamiyatimizning eng muhim va tayanch bo‘g‘ini hisoblanadi. Mahalla bilan hamkorlik bilan esa faqat jamoada insoniy fazilatlar, ahillik va hamjihatlikni yanada rivojlantirish mumkin. Bu borada agepntlikning Qashqadaryo viloyati hududiy filiallari tashkilot joylashgan Qumqo‘rg‘on mahalla fuqarolar yig‘ini bilan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini amaliyotga joriy etish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va osoyishtalikni ta’minlash, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, hududni obodonlashtirish kabi masalalar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yganlar.

Mamlakatimizda koronavirus epidemiyasiga qarshi o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ko‘plab hududlar bu xavfdan saqlab qolindi. Turli mamlakatlar kasallikka qarshi kurashish barobarida ish joylarini saqlab qolish va iqtisodiyotni keskin tanazzulga uchramasligi uchun bor imkoniyatlarni ishga soldi va solib kelyapti. Davlatimiz rahbari ham bu jarayonda yirik korxonalar, ularning joylardagi tarkibiy bo‘linmalari, fermerlar va klaster xo‘jaliklari ham ixtiyoriy qatnashishi muhim ekanligini bir necha marta ta’kidlagan holda, “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatini o‘tkazish tashabbuslari davlatimiz va xalqimiz qudratining amaliy namoyoniga aylanishiga sabab bo‘lgan.

Yana o‘qing:  ERTA TURMUSH QURISH – KELAJAK ZAVOLI

Bu jarayonda Agentlik tizim tashkilotlarining Surxondaryo viloyati filiallari ham bu borada jonbozlik ko‘rsatganliklari haqida filiallar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda “Shifokor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari Muhabbat Shodmonova to‘lqinlanib gapirdi.

Ta’kidlanishicha, agentlik filiallari mahalla tomonidan qilingan murojaatlar bartaraf etmoqda, e’tibordan chetda qolib, yolg‘izlikdan qiynalayotganlarga mehr-muruvvat, saxovat qo‘llari uzatilmoqda, bemorlarning hol-ahvoli so‘ramoqda, hech kim e’tibordan chetda emasligi amaliy ko‘rsatib bermoqda, nogironlar, boquvchisini yo‘qotganla hamda kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olmoqda, obodonlashtirish va tozalash ishlarida munosib ishtirok etmoqda.

Shuningdek, mamlakatimizda umumilliy harakatga aylanib ulgurgan “Yashil makon” loyihasi bo‘yicha ham filiallar faol ishtirok etishib, metrologiya sohasi vakillari tomonidan filial joylashgan mahallalarga har xil mevalar, jumladan olma, behi, gilos, o‘rik, qaroli va shaftoli ko‘chatlari ekildi. Kelajakda bu daraxtlarni parvarish qilish ishlari ham filial tomonidan amlga oshirilishi ta’kidlab o‘tildi. Umummilliy loyiha ishtirokchilari qatorida Milliy metrologiya instituti Surxondaryo viloyati filiali xodimlari ham bor bo‘lib ular ham tabiatimizni 110 tup daraxt bilan boyitishdi.

Agentlik Bosh direktorining maslahatchisi uchrashuvdan so‘ng mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan ham uchrashib, bugungi kunda hududlarda olib borilayotgan ishlar, belgilangan vazifalardan ko‘zlangan maqsad bitta, u ham bo‘lsa, fuqarolar uchun munosib turmush sharoitini yaratish, xalqimizning tinch va osuda, farovon hayot kechirishini ta’minlashdan iboratligini alohida ta’kidladi.

Ta’kidlash lozim, filiallar tomonidan mahallabay ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, filial mutaxassislari tomonidan mahallalarda joylashgan yirik savdo markazlariga ularning ish jarayonida uzluksiz yordam berish va fuqarolarga sifatli o‘lchashlarni ta’minlash maqsadida savdo markazlarining joyida qiyoslash ishlari olib borildi. Metrologlarning sayyor xizmat ko‘rsatishi uzluksiz ish jarayonida bo‘lgan tadbirkorlar uchun o‘lchash vositalari transportirovkasini oldini olib, vaqt sarfini tejalishi yordam beradi.

Bir so‘z bilan aytganda, Agentlik filiallari tomonidan hududlarda bu kabi sahovat tadbirlari keng amalga oshirilib, yordamga muhtoj oilalarga amaliy yordam berib kelinmoqda, mahalla yoshlari bilan turli mazmundagi tadbirlar tashkil qilinmoqda.

Naibaxon MAMADALIYEVA,

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga
solish agentligi Bosh direktor maslahatchisi,

filologiya fanlari doktori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: