DADIL ODIMLAYOTGAN “HAVAS”

Go‘zalliklar fasli bo‘lmish bahor ayyomida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida “Havas” guruhining Yoshlar simfonik orkestri jo‘rligidagi “Nihol ilhomlari – 2016” deb nomlangan konserti bo‘lib o‘tdi.

G‘ulomjonovlar oilaviy guruhini mamlakatimizda yaxshi tanishadi. Oilaning kattasi Qahramon G‘ulomjonov “Nihol” mukofoti sovrindori, ko‘pgina xalqaro va respublika ko‘rik-tanlovlari g‘olibidir. U ayni kunda konservatoriyaning to‘rtinchi kurs talabasi. Bastakorlik va cholg‘ulashtirish kafedrasining diplomati, ustozi Oydin Abdullayeva rahbarligida fortepiano va orkestr uchun konsert malakaviy bitiruv ishini yozmoqda. Tadbirda Qahramon G‘ulomjonov Yoshlar simfonik orkestri jo‘rligida fortepiono chalib, mashhur J. Gershevinning klassik asarini ishtiyoq bilan ijro etdi.

G‘ulomjonovlar oilasining ikkinchi farzandi – Glier nomidagi Respublika ixtisoslashgan musiqiy akademik litseyining 7-sinf o‘quvchisi Dostonbek ham ko‘plab xalqaro va respublika ko‘rik-tanlovlari g‘olibdir. U oilaviy tantanada Yoshlar simfonik orkestri jo‘rligida skripka chalib, mashhur J. Viottinning klassik asarini mohirona ijro etdi.

“Havas” guruhining jajji ishtirokchisi Glier nomidagi Respublika ixtisoslashgan musiqiy akademik litseyining 1-sinf o‘quvchisi Robiyaxon ham faollik ko‘rsatib, yig‘ilganlarning diqqatiga sazovor bo‘ldi.

J. SA’DULLAYEV

Yana o‘qing:  Ehtiyojmand va faol jurnalistlar imtiyozli asosda uy-joy bilan ta’minlanadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: