Kovid asoratlaridan samarali davo

yoxud vaqtli yondashuv – sog‘lig‘ingiz tiklanishi garovi

(Reklama o‘rnida)

Barchamizga ma’lumki, o‘tgan yil boshida insoniyat salomatligiga xavf solib, hayotimizga kirib kelgan «Kovid-19» dunyo miqyosida qanchadan-qancha insonlarni hayotdan olib ketdi. Yana millionlab insonlarni hamon asoratlari bilan qiynab kelmoqda.

«Cho‘zilgan kovid»ning uzoq vaqt holdan toydiruvchi ta’siri yetmaganday, suyak tizimini ham zararlayotgani aniqlandi. Ayni paytda, hali to‘liq o‘rganilib, aniq davolash tizimi yaratilmagan kovid asoratidan keyingi suyak tizimi zararlanishini imkoniyatlardan kelib chiqib davolayotgan shifokorlar qoniqarli natijalarga erishayotgani ham bor gap.
Poytaxtimizda «Kovid-19» dan davolanib, tuzalishdan keyin ham holsizlanish, suyaklarning zirqirab og‘rishi, son va qovuq sohasi, tizza va boshqa bo‘g‘inlarda yuzaga kelgan tushunarsiz suyak og‘riqlarini jarrohlik va konservativ usulda samarali davolayotgan professor Sh.Sh.Hamrayev xotirasiga ochilgan «NEYROORTOMED» tibbiyot markazining faoliyat yuritayotganiga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Ammo mazkur tibbiyot markazi talaygina yutuqlarga erishib ulgurdi, desak mubolag‘a emas.

Farhod Hamrayev,
tibbiyot fanlari doktori,
neyroortoped,
klinika bosh shifokori:


– Yangi yo‘nalish sifatida ochilgan markazda «Kovid-19» asoratlari natijasida suyak tizimida yuz bergan salbiy o‘zgarishlarning oldini olish va bunday bemorlarni davolash uchun barcha muolajalar yo‘lga qo‘yilgan.
Aytish lozimki, mutaxassislarning tahlillariga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida kovid asoratlaridan so‘ng suyak tizimida, jumladan, son suyagi boshchasida, tizza bo‘g‘imida, umurtqa pog‘onasi va boshqa suyak­larda uzoq vaqt davom etadigan og‘riqlar kuzatilmoqda. Bu esa kasallangan kishining nogiron bo‘lib qolishi va mehnat faoliyati yo‘qolishigacha olib keladi. Ana shuni e’tiborga olgan holda, mutaxassis sifatida klinikamizda yangi yo‘nalish – kovid asoratlaridan so‘ng boshlangan suyak tizimi zararlanishining oldini olish, konservativ va operativ davolash yo‘lga qo‘yilib, bu yo‘lda ilmiy salohiyatga ega tajribali mutaxassislar faoliyat ko‘rsatishmoqda.
Kasallik asoratlari asosan klinik ko‘rik, MRT, MSKT, rentgen yordamida aniqlangach, suyak tizimi asoratlari umumiy muolajalar, qon suyultiruvchilar, bo‘g‘im ichiga yuboriladigan zardob (plazmolifting), osteopat, maxsus uqalashlar va fizioterapiya usullari bilan samarali davolanmoqda.

Alisher Hamrayev,
tibbiyot fanlari doktori,
professor,
ortoped-travmatolog:


– Tibbiyot markazimizda qisqa vaqt ichida 60 tadan ortiq jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Son suyagi boshchasining yemirilish yengil darajasida son boshchasini tunnelizatsiyalash yoki vaskulizatsiyalash, og‘ir darajasida esa endoprotezlash jarrohlik amaliyotlari bajarilyapti. Kovid asoratidan qiynalayotgan 100 nafardan ortiq mijozlarga konservativ davo choralari ko‘rildi. Aytish joizki, suyak tizimini davolashda majmuaviy yondashuv orqali yaxshi natijalarga erishyapmiz. Klinikamizda tibbiyot standartlariga kirgan, chet el mutaxassislari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha davolash usullari yo‘lga qo‘yilgani quvonarli hol. Bunday asoratlarni jarrohlik usuli bilan davolash bolalarda ham amalga oshirilmoqda.
– Yoshim 38 da, – deydi ism-sharifi sir qolishini iltimos qilgan M.K. ismli bemor. – O‘tgan yili kovid bilan og‘rib, pnevmoniya kasalligini og‘ir o‘tkazdim va uzoq vaqt davolandim. Tuzalganimdan so‘ng ham holsizlanish, suyaklarimda og‘riq yuzaga keldi. Keyinchalik hatto yura olmay qoldim. Bir qancha shifo maskanlarida davolandim, muolajalar oldim, ammo o‘zgarish bo‘lmadi. Shundan so‘ng «NEYROORTOMED» klinikasiga murojaat qildim. Professor Alisher Hamrayev hamkasblari bilan maslahatlashgach menda son suyak boshchasi, tizza bo‘g‘imini hosil qiluvchi suyaklarda yemirilish boshlangani va buni faqat jarrohlik amaliyoti orqali davolash mumkinligini aytdi. Menda «Ikkala son suyagi bosh­chasining avaskulyar (aseptik) nek­rozi» boshlangan ekan.
Allohga shukur, mutaxassislar jarrohlik amaliyoti o‘tkazishgach og‘riqlar to‘xtadi. Hozirda reabilitatsiya jarayonlari ketyapti va mustaqil qo‘ltiqtayoqda qatnayapman. Bemalol yura olaman va o‘zimni sog‘lom sezyapman.

Kovid asorati bilan yana xuddi shunday jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazishgan O.Abdiyev, A.Muborakov, F.Ahmedov ham operatsiyadan so‘ng o‘zlarini sog‘lom sezishayotganlarini ta’kidlashdi.

Mirzo Ulug‘bek tumani hududida faoliyat ko‘rsatayotgan «NEYROORTOMED» tibbiyot markazidagi 15 nafar xodimning 5 nafarini ilmiy darajalarga ega tajribali mutaxassislar tashkil etadi. Klinikada bolalar va kattalar uchun travmatolog-ortoped, nevropatolog, endokrinolog, vertebrolog, osteopat, logoped-defektolog xonalari mavjud bo‘lib, biokimyoviy laboratoriya, kinezoterapiya, teyp­lash, fizioterapiya, zuluk qo‘yish, hijoma kabi muolajalar amalga oshirilayotir.
Umuman olganda, ushbu markaz aholining barcha qatlamiga maslahat berish, davolash va reabilitatsion tibbiy yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan yangi muassasadir. Bunda: badandagi og‘riqlarni (bosh og‘rig‘i, migren, umurtqa pog‘onasidagi, yiriq va mayda bo‘g‘imlardagi og‘riqlar, turli sababli mushak spastik og‘riqlari) bartaraf etish, yuz nervi nevropatiyasini tashxislash va davolash, yuzdagi turli og‘riqlar, distoniyalar (mushak­larning qisqarishi), gemifassial spazm, insultdan keyingi spastik og‘riqlar, qo‘ltiqosti, kaft va tovon gipergidrozini davolash kabilar samarali davolanib kelinyapti. Klinikada yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni ko‘rish, ularning harakat tizimini dinamikada kuzatib borish, tanadagi suyak deformatsiyalarini aniqlash va davolash, qomatni tiklash kabi yo‘nalishlar ustuvor hisoblanadi.

Muhimi, «Og‘riqsiz hayotni tanlang» shiori ostida hamyurtlarimizga murojaatimiz shuki, kovid bilan og‘rigan bo‘lsangiz, qo‘l-­oyoqlar, umurtqa va boshqa suyaklarda og‘riq va o‘zgarishlarni sezsangiz, darhol «NEYROORTOMED» klinikasiga murojaat qiling! Unutmang, vaqtli yondashuv – sog‘ligingiz tiklanishi garovidir.

Maslahat va ma’lumotlar
uchun telefonlar:
(71) 2862423,
(99) 9788233,
(97) 4018530.

Yana o‘qing:  Enkoprezni qanday davolash mumkin?

Maryam AHMEDOVA,

jurnalist

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: