Quturish kasalligi haqida nimalarni bilamiz?

Quturish kasalligi hayvonlar va odamlar o‘rtasida uchraydigan o‘ta xavfli yuqumli kasallik. Kasallik odamga shu kasallikka chalingan hayvonlarning tishlashi, tirnashi, tishlarining qadalishi, shuningdek, jarohatlangan teri va shilliq Qavatlariga so‘lagi tushishi paytida yuqadi.

Quturish neyrotrop virus qo‘zg‘atadigan, muloqot yo‘li bilan yuqadigan, nerv tizimining kuchli zararlanishi bilan kechadigan va o‘lim bilan tugaydigan o‘ta xavfli zooantropanoz yuqumli kasallikdir.
Bu tabiiy o‘choqli kasallik virusi yovvoyi hayvonlar orasida aylanib yurib, uy hayvonlari va ular orqali odamlarga yuqadi.
Quturish dunyoning barcha hududlarida uchraydi. Afsuski, mamlakatimizda ham har yili tarqoq holatda bo‘lsa ham uchrab turadi.
Kasallikning asosiy manbalari it, kamdan-kam hollarda mushuk, yovvoyi hayvonlardan bo‘ri, chiyabo‘ri, tulki hisoblanadi. Shu o‘rinda itlarga kasallik asosan tulki, bo‘ri va chiyabo‘rilardan yuqishini aytib o‘tish joiz.
Respublikamizda quturish kasalligi manbaining 90 foizdan ortig‘i itlar hisoblanadi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, hayvonlardan jarohatlanib quturish kasalligiga chalingan fuqarolarning 99 foizi o‘z vaqtida tibbiyot muassasasiga murojaat qilmaganligi isbotlangan.

Kasallikning oldini olishda…


Hududlardagi shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari qoshida it ovlash brigadalari mavjud bo‘lib, ular kechayu-kunduz faoliyat yuritadi. Barcha it ovlash brigadalari maxsus mashinalar bilan ta’minlangan va o‘sha mashinada it tutish brigadalarining telefon raqamlari yozib qo‘yilgan. Daydi it va mushuklar aniqlanganda obodonlashtirish bo‘limlariga xabar berish shart.
Shuningdek, xonadonda saqlayotgan it va mushuklarni veterinariya xizmatidan foydalangan holda quturish kasalligiga qarshi emlash va ularga pasport olish;
– hayvonlardan jabrlanganda zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilish;
– bolalarning hayvonlardan jarohat (tish­lanish, tirnalish) olishiga yo‘l qo‘ymaslik;
– quturishga qarshi emlashni shifoxona sharoitida olish;
– jarohat olgan bemorlar emlanish vaqtida spirtli ichimliklarni iste’mol qilmasligi, og‘ir jismoniy ish bilan shug‘ullanmasligi hamda o‘z vaqtida ovqatlanib dam olishi;
– uy hayvonlarini bog‘langan holda boqish;
– agarda it, mushuk yoki boshqa hayvon tishlasa yoki so‘lagi teri va shilliq qavatga tushsa, jarohatlangan joyni shu zahoti kir sovun (xo‘jalik sovuni) bilan yuvib, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish hamda quturishga qarshi emlanish;
– uyda it saqlayotganlar uni quturishga qarshi emlatishi, qarovsiz qolgan begona it va mushuklarni yaqinlashtirmaslik lozim.

Yana o‘qing:  Depressiya va miya strukturasining o‘zgarishi bir-biriga bog‘liq

Birinchi tibbiy yordam


– jarohatlangan joyni darhol xo‘jalik sovuni bilan yuvib tashlash;
– atrofiga yodning spirtli eritmasi yoki spirtning 70 foizli eritmasi bilan ishlov berish;

– tezlik bilan tibbiy yordam olish uchun travmatologiya punktiga murojaat qilish;
– qisqa muddat ichida quturishga qarshi vaksina olishni boshlash kerak.
Ogoh bo‘ling: quturish kasalligining davosi yo‘q, natijasi o‘lim bilan tugaydi. Shunday ekan bunday vaziyatda aslo befarq bo‘lmaslik, darhol tibbiyot muassasasiga murojaat etish lozim.

Laylo HAMRAYEVA,

Toshkent viloyati SEO va JSB

O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar

bo‘limi mudiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: